Apple avtomobil tizimlarini iPhone orqali boshqarish texnologiyasini ishlab chiqadi. Texnologiya CarPlay oʻrnini bosadi va kompaniyaning kelajakdagi elektromobil gʻoyasi uchun zamin yaratadi.

Apple-ning mazkur texnologiyasi rivojlanishning dastlabki bosqichida boʻlib va uning kod nomi IronHeart deb ataladi. U iPhone-ga ulanish uchun mavjud CarPlay interfeysiga asoslanadi, deya yozmoqda Bloomberg.

Toʻplangan maʼlumotlar Apple va uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilariga yangi ilovalar yaratish yoki mavjud xususiyatlarni sozlash imkonini beradi. Shunga qaramay, texnologiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarning yordami ham talab qilinadi.

Mashinani iPhone yordamida ochish va ishga tushirish imkonini beruvchi CarKey funksiyasi hozircha faqat BMW tomonidan amalga oshirilgan.

Avvalroq Spot Tesla rekord darajadagi elektromobillar sotishga erishganligi haqida yozgan edi.