Associated Press nashrining xabar berishicha, Tesla chiplar yetishmovchiligi muammosiga qaramasdan, rekord darajadagi elektromobillar sotishga erishgan.

Hozirga qadar yil boshidan buyon 241 ming mashina sotilgan bo’lib, bu o’tgan yilga nisbatan 72 foizga ko’pdir.

2020-yilda butun dunyodagi avtokonsernlar mikrosxemlar yetishmasligi muammosiga duch keldi. Natijada chip ishlab chiqaruvchilar asosiy e’tiborni smartfonlar va maishiy xo’jalik jihozlari uchun yarimo’tkazgich tayyorlashga qaratishdi.

Mavzuga doir: Yarimo’tkazgichlar yetishmasligi global iqtisodiyot uchun jiddiy muammo emas — Oxford Economics. Agentlikda ta’kidlanishicha, bunday tarkibiy qismlarning yetishmasligi, asosan, sanoat sektorining faol holatini aks ettiruvchi yuqori talabning natijasidir.

Keltirilgan ijobiy natijalarga qarshi prognoz beruvchilar ham yo’q emas. Analitik Den Ayvzning fikricha, mikrochiplarning yetishmasligi Teslaning yillik ishlab chiqarishining 40 ming donaga kamayishiga olib keladi. Uning so’zlariga ko’ra, 2021-yil oxirida yetkazib berish 865 mingga yaqin elektromobilni, eng yaxshi holatda — 900 mingtani tashkil qiladi.