Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 52 454 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.

2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida quyidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:

  • Cobalt — 52 454 dona;
  • Damas — 45 644 dona;
  • Lacetti-Gentra — 37 557 dona;
  • Nexia T-250 — 21 578 dona;
  • Labo — 12 693 dona;
  • Spark — 7 264 dona.

Shuningdek, qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning oktyabr oyida 9138 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.

Bu har 5 daqiqada bir dona Cobalt konveyerdan chiqdi degani.

Quyida oktyabr oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar va ularning soni:

  • Cobalt — 9 138 dona ;
  • Lacetti-Gentra — 7 478 dona;
  • Nexia T-250 — 5 099 dona ;
  • Damas — 3 288 dona ;
  • Labo — 1 637 dona;
  • Spark — 367 dona.

Avvalroq Spot “UzAuto Motors” Captiva yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatganligi haqida xabar bergan edi.