Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet 2022” yangilangan nashrini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.

Ro‘yxat 2021- yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar byudjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” — 20,2 foiz;
  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 11 foiz;
  • “O‘zbekneftgaz” — 2,2 foiz;
  • “O‘ztransgaz” — 1,9 foiz;
  • UzBAT — 1,3 foiz;
  • “Hududgazta'minot” — 1,3 foiz;
  • “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” — 0,7 foiz;
  • Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
  • UzAuto Motors — 0,5 foiz;
  • “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” — 0,5 foiz.