“YAIT Biznes-inkubator"dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

“YAIT Biznes-inkubator” dasturi uch oy davom etadi. Dastur qatnashchilari oʻz ilmiy gʻoyalarini biznes modelga aylantirish va hayotga tatbiq qilish, investorlar bilan ishlash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oladilar.

Dasturda 18 yoshdan kichik boʻlmagan tashabbuskor yoshlar, talabalar, boshlovchi tadbirkorlar va ilmiy xodimlar qatnashishlari mumkin.

Dastur soʻngida “Demo-kun” tadbiri oʻtkaziladi. Unda dastur ishtirokchilari oʻz loyihalari hamda biznes rejalarini investorlarga taqdim qilishlari mumkin boʻladi.

Dasturda qatnashish uchun arizalar yait.uz saytida 2022-yil 1-maydan 31-mayga qadar qabul qilinadi.

Arizani ushbu havola orqali qoldirishingiz mumkin.