Hukumat qarori (237-son, 06.05.2022 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham g‘olib aniqlanmagan yerlar bo‘yicha uning maydoni, ixtisosligini o‘zgartirib talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga ochiq tanlov o‘tkazadi.
Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni o‘rganadi. Ilgari 5 ish kunida edi.
️Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun mo‘ljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi.
Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi
Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod etiladi.
Foto: E-auksion
«Spot»
- 651
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:59 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 23 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
Bugun, 20:04 Ko‘chmas mulk
2027-yildan ko‘p qavatli uylarda liftlardan foydalanish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi
Bino boshqaruvchilari liftlarga har oyda kamida bir marta texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi shart.
Bugun, 19:50 Iqtisodiyot
Markaziy bank birinchi islomiy moliya standarti — Murobahani joriy etishni taklif qilmoqda
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyiha islomiy banklar uchun murobaha operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Bugun, 18:04 Moliya
1 mln so‘mlik banknota chiqarilgani haqidagi xabarlar asossiz — Markaziy bank
Regulyator ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasm haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va rasmiy sahifalarni kuzatib borishni so‘radi.
Bugun, 17:46 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 64,23 so‘mga pasayib, 11 838,92 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 17:07 Energetika
O‘zbekistonda AES birinchi energobloki poydevor plitasini quyish yil oxirigacha yakunlanadi
Rosatom rahbari loyihalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarish va hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Bugun, 16:46 Iqtisodiyot
Toshkentda noqonuniy qurilish natijasida qabriston devori qulab, qabr toshlari shikastlandi
Botkin qabristoni yonidagi sobiq shampan zavodi hududida qoidabuzarliklar bilan olib borilgan qurilish to‘xtatildi. Tadbirkorga 88 mln so‘m jarima solindi.
Bugun, 15:47 Iqtisodiyot
Prezident Todd Boeli bilan tog‘-kon sanoati va metallurgiya loyihalarini muhokama qildi
Eldridge Industries bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasini qabul qilishga kelishib olindi.