“Uzbekistan Airways” matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yil 4-iyuldan 2-avgustga qadar Toshkent — Nukus — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY017/018 aviaqatnovlari yangi jadval boʻyicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan joʻnab ketish: 16:20 (20:00 oʻrniga)
  • Nukusga yetib borish: 18:00 (21:40 oʻrniga)
  • Nukusdan joʻnab ketish: 18:50 (22:30 oʻrniga)
  • Toshkentga yetib borish: 20:10 (23:50 oʻrniga).

Bundan avval “Uzbekistan Airpors” Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik cheklanishi haqida xabar bergandi.

Unda Qoraqalpogʻistonda favqulodda holat joriy etilishi va Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Nukus aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida (21:00 dan 07:00 gacha) cheklanishi aytilgan.