“Samsung” kompaniyasi “Twitter” orqali “Galaxy Unpacked” onlayn tadbiri haqida eʼlon qildi. The Vergeʼning aniqlik kiritishicha, tadbir 10-avgust sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Tadbirda “Galaxy Fold 4” va “Galaxy Flip 4” buklanuvchi smartfonlari namoyish qilinishi mumkin, deya yozmoqda nashr.

Bundan tashqari, taqdimotda “Galaxy Watch 5” va “Watch 5 Pro” ham namoyish etilishi kutilmoqda. Kompaniya oʻzining oldingi versiyalarini 2021-yil avgust oyida ommaga havola qilgandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Xiaomi” 12S va 12S Pro smartfonlarini taqdim etgan edi.