Ikki xonalik o‘rtacha $990, uch xonalik esa $1200 — Toshkentdagi uylar ijara narxi va unga talab qanday o‘zgardi

“OLX” ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida bir xonalik xonadonlar 1%, ikki xonalik 16% ga, uch xonaliklar esa 44% ga o‘sgan. Ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassis Aleksandr Yun 1−2 xonali “kvartira"lar bo‘yicha takliflar deyarli qolmayotganini qayd etdi.


O‘zbekistonliklar YuNESKOda amaliyot o‘tashlari mumkin

Unda ishtirok etish uchun IELTS talab qilinmaydi, faqat 20 yoshdan yuqori magistratura va PhD talabalari yoki mazkur yo‘nalishlarni tamomlagan bo‘lishi kerak.


Qanday hollarda diplom sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi

“Spot” O‘zbekistonda tan olinadigan hamda qabul qilinmaydigan xorij diplomlari, nostrifikatsiyani amalga oshirish tartibi va bunda kerak bo‘ladigan hujjatlarni bir joyga jamladi.


O‘zbekiston banklarida so‘mdagi eng daromadli omonatlar. 2022-yil oktabr oyi bo‘yicha

Mavjud 31 ta bankdan 28 tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 24% ni tashkil qilmoqda.


IT bo‘yicha 5 ta kitob: JavaScript

“Spot” IT ga qiziquvchilarga foydali bo‘ladigan kitoblarni berib borishda davom etadi. Ushbu to‘plam JavaScript dasturlash tiliga bag‘ishlangan.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yoshlarga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi.
    Endi arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, yoshlar ishlari agentligi boʻlimlari va tuman (shahar) hokimligi koʻrib chiqmaydi.
  2. Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkent shahri barpo etiladi.
    Shuningdek, poytaxt kadastri raqamlashtirilib, tadbirkorlar biznes ochmoqchi bo‘lgan yerining qanday hududda joylashganini internet orqali ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
  3. Yollanma xodimlar soliq organlarida qanday hisobga qo‘yiladi. Qo‘llanma.
    Yakka tartibdagi tadbirkor 5 nafargacha xodimini yollash huquqiga ega.
  4. Toshkentda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ishlari boshlanadi.
    22-oktabrdan korxona va tashkilotlar, 24-oktabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolari bosqichma-bosqich ta’minlanadi.
  5. Nodirbek Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
    Bunga qadar u “Asakabank” boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
  6. Surxondaryoda Investorlarga ko‘mak markazi tashkil etiladi.
    Unda huquqiy hamda hamkorlik masalalarida, shuningdek, investorlarga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni va byurokratik to‘siqlarni aniqlashga yordam beradi.
  7. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana $500 mlnga kamaydi.
    Mazkur ko‘rsatkich 1-oktabr holatiga $33,4 mlrd.ni tashkil etdi.
  8. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining elektron davlat xaridlari yo‘lga qo‘yildi.
    Bu bo‘yicha, Tovar-xom ashyo birjasi etender.uzex.uz elektron savdo tizimida alohida sahifani ishga tushirdi.
  9. BAAning DP World kompaniyasi Toshkent viloyatida logistika markazini qurishi mumkin.
    Shuningdek, kompaniya infratuzilma va elektron tijorat loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
  10. Ko‘chma savdo faoliyati uchun talablar soddalashtirildi.
    Bu turdagi faoliyat orqali elektromobillarni zaryadlash, sartaroshlik, kosmetologiya hamda poyabzal ta’mirlash kabi xizmat turlarini tashkil etish mumkin.