YuNESKO tashkiloti yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘z sohasida yanada o‘sishiga imkon berish maqsadida turli amaliyot dasturlariga qiziquvchilarni jalb qilmoqda.

Hozir deyarli barcha sohalar bo‘yicha pullik amaliyot dasturlariga arizalar qabuli davom etmoqda.

Dasturda qatnashish uchun nomzod 20 yoshga to‘lgan bo‘lishi hamda magistratura yoki PhD talabasi yoki amaliyot boshlanishidan 12 oy oldin mazkur yo‘nalishlarni tamomlagan bo‘lishi zarur.

Unda ishtirok etish uchun til bilish sertifikati hamda kirish to‘lovi talab etilmaydi.

Ingliz yoki fransuz tillarini yozma va og‘zaki darajada yaxshi bilishi, shuningdek, kompyuter ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash va muloqot qobiliyatiga ega bo‘lish talab etiladi.

Dasturlarga qabul qilingan nomzodlarning turar joy, parvozlar, tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab beriladi.

Amaliyot davomiyligi sohalarga qarab 1 oydan 6 oygacha davom etishi mumkin.

Unda qatnashish uchun arizalar havola orqali jo‘natiladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.