Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida

Hozirda mavjud 31 ta bankdan 5 tasida boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Toʻlovni qaytarish muddati 5 yilgacha. Yillik stavka 25% dan 28% gacha.


Mehnat ta’tilini uzaytirish va kechiktirilgan ish haqi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik — mutaxassis yangi Mehnat kodeksi haqida

Yangi Mehnat kodeksi 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi. Yangi mehnat kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh a’zosi Aleksey Niyazmetov “Spot"ga asosiy o‘zgarishlar — ishdan bo‘shatish uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori, sinov muddati va dam olish kunlarining soni haqida so‘zlab berdi.


Toshkentdan Nukusgacha bo‘lgan temir yo‘l elektrlashtiriladi

Natijada Toshkent bilan Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.


Xitoy instituti magistratura va doktarantura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Dasturda magistratura uchun oyiga $430, doktorantura uchun esa $500 ajratiladi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Ural Airlines va IrAero O‘zbekistonning yettita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
    Aviaqatnovlar Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Urganch, Navoiy, Namangan va Samarqandga amalga oshiriladi.
  2. O‘zbekiston banklarining sof foydasi 8 trln so‘mdan oshdi.
    Shuningdek, foyda solig‘ini to‘lashga 2,4 trln so‘m ajratilgan.
  3. Coursera platformasida 3 ta kursni tanlab olish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
    Tanlangan kurslarda 1 mlndan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar bepul o‘qishlari belgilangan.
  4. Rasman Apelsin banki nomi Uzum Bankga o‘zgartirildi.
    Shuningdek, bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qayta rasmiylashtirildi.
  5. Yangilanayotgan Soliq kodeksi — tadbirkorlar uchun qanday imtiyozlar berilishi mumkin.
    Xususan, qurilishi tugallanmagan obyektlar, bo‘sh turgan bino va boshqalar uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari bekor qilinishi mumkin.
  6. Dasturchilar uchun Google Android Bootcamp loyihasi ishga tushirildi.
    Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, dastur dekabr oyining oxirigacha amal qiladi.
  7. Yagona portal orqali subsidiyaga ariza topshiruvchilar roʻyxati kengaydi.
    Endi qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan NTTlar ham onlayn ariza topshirishlari mumkin.
  8. Silk Avianing birinchi samolyoti texnik qabuldan o‘tdi.
    Hozirda samolyotni Toshkentga olib kelish bo‘yicha zarur eksport sertifikati tayyorlanmoqda.
  9. 2035-yildan boshlab Yevropa Ittifoqi toʻliq elektromobillarga oʻtadi.
    Benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni toʻliq taqiqlash boʻyicha qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan.
  10. O‘zbekiston temir yo‘llari talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi.
    Chegirmalar joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.