Avvalroq, 2023-yildan boshlab 1,2 mln yoshlar ITning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha “Coursera” platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Mazkur kompaniya bilan hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

“IT Park” “Coursera” platformasida 3 ta kursni tanlab olish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Bu orqali yoshlar uchun qiziq va muhim bo‘lgan kurslar tanlab olinib, bepul ishtirok etish mumkinligi belgilangan.

So‘rovnomada quyidagi kurslar keltirilgan:

  • “Data Sciyence Math Skills” (Duke University) — “Data Sciyence Math Skills” (Duke University);
  • “AI, Business & the Future of Work” (Lund University);
  • “IoT (Internet of Things) Wireless & Cloud Computing Emerging Technologiyes” (Yonsei University);
  • “Big Data Emerging Technologiyes” (Yonsei University);
  • “Building and Managing Superior Skills” (The State University of New York);
  • “Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure” (Google Cloud);
  • “English for Career Development” (University of Pennsylvania);
  • “Code Yourself! An Introduction to Programming” (The University of Edinburgh).

Unda ishtirok etish uchun havola orqali o‘tish kerak.

Shuningdek, mazkur kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlar IT-kompaniyalarga qabul qilinishlari yoki frilans orqali buyurtmalar olishlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq, IT-frilanser va mutaxassislar uchun so‘rovnoma o‘tkazilgandi.