Harbin texnologiya instituti magistratura va doktarantura uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Grant dasturida qatnashish uchun nomzodlar Harbin texnologiya institutining magistratura yoki doktarantura yo‘nalishlari bo‘yicha havola orqali ariza jo‘natishlari kerak.

Bunda magistratura uchun 35 yoshgacha, doktorantura uchun 40 yoshgacha bo‘lganlar ariza topshirishlari mumkin.

Ariza topshiruvchilar hujjatlarni ingliz yoki xitoy tillarida notarial tasdiqlatishi kerak.

Institutga arizalari qabul qilingan nomzodlar Xitoy hukumati stipendiyasi uchun arizani bu yerdan topshirishlari mumkin.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • pasport;
  • diplom;
  • akademik transkriptlar;
  • til bilish sertifikati;
  • ikkita tavsiyanoma.

Bundan tashqari, doktarantura uchun nomzodlar o‘quv rejasini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.

Xitoy tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun HSK Level-4, ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun esa IELTS kamida 6.0, TOEFL kamida 80 bo‘lishi kerak. Shuningdek, boshqa sertifikatlar ham qabul qilinadi.

Grant o‘z ichiga o‘qish to‘lovlari, universitet yotoqxonasi, tibbiy sug‘urtani oladi. Shuningdek, magistratura uchun oyiga $430, doktorantura uchun $500 ajratiladi.

Arizalar joriy yilning 20-dekabriga qadar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.