“DiHouse” yirik elektronika distribyutori “Red Solution” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zining “Red” maishiy texnika brendini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri.

Chet ellik ishlab chiqaruvchilarning ketishi hisobga olinsa, yangi sotuvchi qurilmalari bilan bozor ulushini olish imkoniyatiga ega, deydi ekspertlar.

“DiHouse” vakilining “Kommersant"ga xabar berishicha, kompaniya “Red Solution” bilan birgalikda o‘zining “Red” brendi ostidagi maishiy texnikalarni taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uskunalar “Red Solution” kompaniyasiga ko‘chib o‘tgan boshqa rus elektronika sotuvchisi “Redmond"ning sobiq xodimlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha, “Red” brendi Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston va Belarusda ishlab chiqariladi.

Qisqa muddatda “Red” kichik maishiy texnika — choynaklar, kabob panjaralari, blenderlar, go‘sht maydalagichlar, changyutgichlar, dazmollar va boshqa texnikalar segmentida sotuvlarning asosiy qismini tashkil etuvchi asosiy toifalar bo‘yicha kuchli uchlikka kirishni rejalashtirmoqda, dedi “DiHouse” vakili.

Kelajakda kompaniya yirik maishiy texnika mahsulotlarini joriy etish niyatida. Rejalar “Yandex”, “Sberbank” va “VK” ovozli yordamchilari bilan integratsiyani ham o‘z ichiga oladi.

“„Red“ maishiy texnikaning yangi markasi 2023-yilda kichik maishiy texnika bozorining 2−2,5%igacha qismini egallashi mumkin”, — deydi “TelecomDaily” bosh direktori Denis Kuskov.

“Agar Rossiya bozorini tark etgan xorijiy brendlar bo‘lmaganida, bunday mahsulot bo‘lmasdi. Hozirda ichki bozorda Xitoy va Turkiya uskunalari yetarlicha mavjudligini, ular sifati bo‘yicha Rossiya brendlaridan yaxshiroq, shuningdek, arzonroq narxda ekanligini qayd etadi”, — deya qo‘shimcha qildi Kuskov.


Avvalroq Rossiyaning “Luca'Denim"kompaniyasi O‘zbekistondan mato va kiyim sotib olishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Ural dizaynerlari kiyim-kechak ishlab chiqarishda O‘zbekiston matolarini qo‘llashayotgani haqida ma’lum qilingan edi.