Sobiq energetika vaziri Alisher Sultonov neft, gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

Alisher Sultanov 2019-yil fevralidan 2022-yil apreligacha energetika vaziri bo‘lgan.

O‘tgan yil aprel oyida prezident farmoniga asosan Alisher Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi.

Alisher Sultonov (1967-yilda tug‘ilgan) A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan.

1996−1998 yillarda “O‘zneftqaytaishlash” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bo‘yicha shartnomani bajarish bo‘yicha direksiyasining uskuna va qurilmalarni tayyorlash hamda qabul qilishni nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.

1998−1999-yillarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002-yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi “Sho‘rtan qurilishi” boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

2002−2013-yillarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” unitar sho‘ba korxonasiga rahbarlik qilgan. 2013−2015-yillarda “O‘zbekneftgaz” Prognozlashtirish, resurslar va investitsion dasturlar bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, 2015−2018 yillarda — “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.