10-iyun kuni soat 16:00 da “IT Park"da startaplar olamiga qiziquvchi yoki yangi martaba imkoniyatlarini qidirayotgan yoshlar uchun Career Fair/Startup Battle o‘tkaziladi.

Startap Battle — kunning asosiy tadbiri bo‘lib, unda “IT Park” jamoasi tomonidan eng yaxshi 30 ta jamoa tanlab olinadi va o‘z startapini taqdim etib Lissabonda bo‘lib o‘tadigan veb-sammitda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, yosh iste’dod egalari tomonidan taqdim etilgan innovatsion g‘oyalar, biznes modellar va mahsulotlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

G‘oliblar quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: Lissabondagi Web Sammitga sayohat + C space kovorking uchun 12 mln soʻm;
  • 2-o‘rin: C space kovorking uchun 10 mln;
  • 3-o'rin: C space kovorking uchun 8 mln.

Shuningdek, karyera yarmarkasi ham tashkil qilinib, u kunning boshida bo’lib o’tadi va ish izlovchilar uchun salohiyatli ish beruvchilar bilan uchrashish, hamfikrlar bilan muloqot qilish va yangi martaba yo’llarini kashf qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish 9-iyungacha havola orqali amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” AQShda o‘tkaziladigan Reno-Tahoe Accelerator dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.