Joriy yilning 1-avgust kuni OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘tkazilgan kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini uch xil usulda bilishlari mumkin, deya qayd etmoqda Bilim va malakalarni baholash agentligi.

Birinchi, my.uzbmb.uz sayti orqali aniqlash imkoniyati mavjud. Bunda, saytning “Natijani olish” bo‘limida pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kerak.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali aniqlash uchun abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritish kerak.

Shuningdek, Bilimni baholash agentligining quyidagi “Telegram"-botlari orqali aniqlash mumkin: ga abituriyent

Bunda nomzod o‘zining qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborishi kerak.


Avvalroq “Spot” o‘qishni ko‘chirish uchun arizalarni qanday onlayn jo‘natish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.

Arizalarni joriyi yilning 5-avgustigacha jo‘natish mumkin.