Avvalroq Shavkat Mirziyoyev hamda Xitoy raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirokidagi muzokaralar o‘tkazilgandi.

Oliy darajadagi muhokamalardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat yetakchilari qo‘shma bayonot imzoladi.

Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga harakat tasdiqlangan.

Yetakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:

  • O‘zbekiston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston hukumati va Xitoy hukumati o‘rtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Ta’lim vazirligi o‘rtasida xitoy tilini o‘qitish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga no‘xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Transport vazirligi va Xitoy Islohotlar va rivojlanish davlat qo‘mitasi o‘rtasida Xitoy — Markaziy Osiyo — Yevropa temir yo‘l ekspresslari bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Tijorat vazirligi o‘rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Qishloq xo‘jaligi va qishloq masalalari vazirligi o‘rtasida kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasi;
  • O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida hamkorlik bayonnomasi;
  • O‘zbekiston Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Standartlashtirish ma’muriyati o‘rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi o‘rtasida “Havo ipak yo‘li"ni birgalikda barpo etish to‘g‘risida kelishuv;
  • O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi va Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi o‘rtasida 2024−2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
  • Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
  • Samarqand va Sindao shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim va boshqalar.