Gid-tarjimonlik sertifikatini olish uchun onlayn ariza jo‘natish imkoniyati yaratildi.

Endilikda Yagona portal orqali gid-tarjimon, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi sertifikatini olish uchun ariza berish mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish pullik bo‘lib, buning uchun BHMning bir baravari (340 ming so‘m) miqdorida to‘lov belgilangan.

Biroq, Yagona portal orqali ariza jo‘natilganida arizachilarga 10% chegirma taqdim etilib, 306 ming so‘m (BHMning 0,9 baravari) miqdorida to‘lov amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin. Xizmat Turizm qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatilib, 5 ish kuni ichida arizalar ko‘rib chiqiladi.

Sertifikatlar 30ta xorijiy til bo‘yicha taqdim etilib, taqdim etilgan sertifikatlarning muddati 3 yilni tashkil etadi.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.


Avvalroq sayyohlar uchun infratuzilma yaratishga $200 mln kredit ajratilishi ma’lum qilingandi.