Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonning “Eurasia Bottlers” kompaniyasiga kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar bermoqda bank saytida.

Energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxona Toshkentdagi zavodi uchun texnologiyalardan foydalanib, yangi bino qurishni rejalashtirmoqda. Kompaniya yangi butilka ishlab chiqarish liniyalarini hamda “yashil” energiya generatsiyasi uchun texnikalar o‘rnatish niyatida.

Loyiha qiymati 32,4 mln yevro ($35,3 mln)ga baholanmoqda. Shundan 15 mln yevro ($16,35 mln) YeTTB tomonidan ajratiladi. Qolgan qismi esa kompaniyaning o‘z investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi.

Pul ikki transhda tavakkalchilikdan kelib chiqqan holda moslashuvchan foiz stavkasida taqdim etiladi. Loyiha doirasida bank ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonaga moliyaviy hisobot va sifat nazorati bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etishda yordam beradi.

“Eurasia Bottlers” 2020-yilda tashkil etilgan. 2021-yilning mayidan buyon kompaniya asosiy mahsulotlaridan biri “Carlsberg” litsenziyasi ostida sotiladigan “Flash Up” savdo markasidagi energetik ichimligidir.

Avvalroq O‘zbekiston maktablarida gazlangan va energetik ichimliklar sotilishini cheklash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.