Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini yarmidan ko‘proqqa qisqartirdi.

O‘tgan oyda Xitoyga o‘zbek gazi yetkazib berish 2,08 baravarga — $38,77 mlndan 18,6 mlngacha qisqardi.

2023-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Xitoyga ko‘k yoqilg‘i eksport qilmadi.

Biroq Xitoy tomonining statistik ma’lumotlari Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan sezilarli darajada farq qiladi.

Unga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston $26,7 mlnlik tabiiy gaz eksport qilgan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 barobar ko‘pdir.

Dastlabki ikki oyda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 95,6 barobarga oshib, $166,7 mlnga yetdi. 2023-yil oxirida O‘zbekiston tarixda birinchi marta gaz eksportchisidan import qiluvchi davlatga aylandi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitiga talab ortganini ma’lum qildi.

“Bu o‘zbekistonlik hamkasblarimizning arizalariga bog‘liq. Hozir ular dastlab belgilangan rejalardan biroz oshib ketishmoqda. Umuman olganda, biz Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitiga bo‘lgan talab ortib borayotganini qayd etmoqdamiz”, — dedi Qozog‘iston energetika vazirligi rahbari.

O‘tgan yili O‘zbekiston Rossiyadan tabiiy gazni ichki gaz tariflaridan ancha yuqori narxda sotib oldi.

Qayd etilishicha, 2023-yilda O‘zbekistonga yetkazib berish narxi 1000 kub metr uchun $160ni tashkil qilgan.

Biroq, mamlakatga gaz yetkazib berish Turkiya va Xitoyga o‘rtacha sotish narxlaridan past hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” rezident Namanganda $1,1 mlrdlik uchta elektr stansiyasi qurilishini boshlab bergani haqida yozgandi.

O‘zbekgidroenergo oltita gidroelektr stansiyasi kaskadini, BAA va Germaniya kompaniyalari ikkita quyosh elektr stansiyasini quradi.