Markaziy bankning 4-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12680 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasining rasmiy kursi kun davomida 12 so‘m 7 tiyinga oshdi.

5-aprel kuni “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da sotish kursi 12745 so‘mni, “Ziraat bank”, “Orient finans bank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Tengebankda 12740 so‘mni tashkil qiladi. “Garantbank"da esa 12725 so‘m. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12720 so‘mdan 12680 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12650 so‘mdan 12605 so‘mgacha yetdi.