Oltin narxlari oshgani hisobiga O‘zbekiston budjeti daromadlari rejadan 19% ga ko‘p bo‘ladi
Prognozga ko‘ra, foyda solig‘idan tushumlar 33,5% ga, yer solig‘i 25% ga, QQS esa 22,4% ga o‘sadi.
Aholi hayotini yaxshilash uchun 9−10% li iqtisodiy o‘sish zarur — Mirziyoyev
Prezident hokimlar va tarmoq rahbarlariga tadbirkorlar zimmasidagi yukni yengillashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Tirikchilik asoschisi va Troll.uz muallifi Umid Gafurov tavsiya qilgan 5 ta kitob
To‘plamdan hokimiyat, tadbirkorlik va dunyoga pragmatik nigoh bilan qarash haqidagi kitoblar o‘rin olgan — Mark Tven klassikasidan startapchilar uchun mashhur qo‘llanmalargacha.
Biznes-ombudsman onlayn-kassa va markirovka qoidalari uchun jarimalarni yumshatishni taklif qildi
Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha javobgarlikni faqat qoidabuzarlik qayd etilgan filialga yuklash taklif etilmoqda.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda suv tariflari tannarxni to‘liq qoplamayotgani sabab qayta ko‘rib chiqiladi.
Idoralararo tarif komissiyasi tashkil etiladi, 2027-yildan esa budjet tashkilotlari uchun yagona tarif joriy etish taklif qilinmoqda. - Islomiy bank faoliyati uchun alohida talablar belgilandi. Nimalar muhim?
Markaziy bank islomiy banklarni ochish, shuningdek, an’anaviy banklarda islomiy darchalarni tashkil etish bo‘yicha shartlar va talablarni tasdiqladi. - Uzbekistan Airways bir qator kamchiliklar sababli yiliga $120 mln yo‘qotyapti — prezident.
Mirziyoyev strategik korxonalarning xarajatlarini tahlil qilib, ayrim yirik davlat kompaniyalarida tannarx sezilarli oshgani, energetika tarmoqlarida yo‘qotishlar yuqoriligicha qolayotganini qayd etdi. - Go‘sht importini samolyotda tashish bo‘yicha imtiyoz yil oxirigacha uzaytiriladi.
Prezident go‘sht narxini barqarorlashtirish uchun import xarajatlarini qoplash amaliyoti davom ettirilishini ma‘lum qildi. - Rossiya o‘zbekistonlik beshta eksportchidan sabzavot va meva importini cheklaydi.
Rosselxoznadzor Rossiya va xalqaro fitosanitariya talablari muntazam buzilayotgani haqida bayonot berdi. - Shavkat Mirziyoyev Toshkent-Samarqand pulli yo‘li qurilishiga start berdi.
Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan loyiha doirasida 282 kilometrlik olti polosali yo‘l, 92 ta ko‘prik va 28 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. - Markaziy bank ilovalarga kirishda biometrik tekshiruv va P2P o‘tkazmalar qoidalarini yumshatmoqchi.
Mobil ilovaga kirish, ro‘yxatdan o‘tish va bank kartasini biriktirishda biometrik identifikatsiya talabi bekor qilinishi taklif etilmoqda. - O‘zbekistonda ilk milliy tank ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin — u prezidentga namoyish etildi.
Arslon bronetransportyorlarining ikki modeli davlat sinovlaridan o‘tib, konveyerda ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. - O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘l — Urganch-Xiva avtomobil yo‘li avgustda ochiladi.
Qiymati $120 mlnlik ushbu trassa qurilishining 80% yakunlandi. Loyiha doirasida 15 ta yangi ko‘prik, bitta tonnel, beshta yerosti o‘tish yo‘lagi va 101 ta suv o‘tkazish inshooti barpo etildi. - Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi.
Ariza beruvchilar belgilangan ijtimoiy mezonlar va kredit tarixi talablari asosida baholanadi. - Biznes-ombudsman soliq idoralariga bank ma’lumotlarini avtomatik uzatishni bekor qilishni taklif qildi.
Xulosada qayd etilishicha, loyihaning ayrim normalari biznesning davlatga ishonchsizligini kuchaytirishi va yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga olib kelishi mumkin. - 100 ga yaqin bank, Inter RAO va Moskva birjasi: YI Rossiyaga qarshi 21-sanksiyalar to‘plamini qabul qildi.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga jami 218 ta jismoniy va yuridik shaxs, shu jumladan 48 nafar shaxs va 170 ta tashkilot kiritildi. - AQSH 60 ta davlatga, jumladan Qozog‘istonga qarshi yangi bojlar joriy etdi.
Ko‘pchilik mamlakatlar uchun 12,5% lik, ayrim davlatlar uchun esa 10% lik tarif belgilangan. Buning sababi sifatida majburiy mehnat ko‘rsatilmoqda. - TBC Bank Group OLX Uzbekistan’ning nazorat ulushini sotib olish jarayonini yakunladi.
Platforma o‘z brendi ostida mustaqil faoliyatini davom ettiradi, unga moliyaviy va to‘lov xizmatlarini integratsiya qilish rejalashtirilgan. - O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi.
Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi.



