“Meta” “Facebook” va “Instagram” uchun bir qator yangi generativ vositalar va sun’iy intellektga asoslangan xizmatlarni taqdim etdi. Bu haqda “Inc” nashri xabar berdi.

Ular kompaniyalarga reklama samaradorligini oshirish va kompaniyaning ijtimoiy platformalarida o‘z ishtirokini kengaytirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, kompaniyalarga reklama materiallarini yuklash va bir zumda ularning turli versiyalarini yaratish imkonini beradi.

Nyu-Yorkdagi tadbirda kompaniyaning monetizatsiya bo‘limi boshlig‘i Jon Xegeman sun’iy intellektga asoslangan tasvir va matn yaratish uchun bir nechta yangi vositalarni taqdim etdi.

Ijtimoiy media giganti, shuningdek, brendlarga ularning ko‘rinishini oshirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan pulli obunalar kengaytirilganini e’lon qildi.

Xegeman “Meta” kompaniyasi Advantage+ reklama yechimlari to‘plamidan foydalanadigan kompaniyalar uchun maxsus ishlab chiqilgan sun’iy intellekt tasvirini yaratish funksiyasini ishga tushirayotganini e’lon qildi.

Reklama beruvchilar marketing kampaniyasi uchun mo‘ljallangan asl rasm yoki materialni yuklashlari va keyin bir zumda shunga o‘xshash elementlar bilan uning o‘zgarishlarini yaratishlari mumkin.

Hozirda faqat rasmlarni yuklash mumkin, ammo kompaniya tez orada foydalanuvchilarga rasmlarning qanday ko‘rinishini xohlashlarini matnli tavsifini kiritish uchun vositani yangilaydi.

Ushbu vositadan foydalanadigan korxonalar, shuningdek, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan tasvirlar ustiga matn qo‘ya oladi.

Shuningdek, turli ijtimoiy tarmoqlar uchun tomonlar nisbatini o‘zgartirish va mavjud tasvirlar uchun yangi fon yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Meta” “WhatsApp”, “Instagram” va “Messenger"da sun’iy intellekt chat-botini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqida yozgandi.

Сhat-bot savollarga javob beradi va matnli xabarlardan tasvirlar yaratadi. Hozirda u hindistonlik va afrikalik foydalanuvchilar uchun mavjud.