Joriy yilning 10-oktabridan xalqaro aeroport va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prikda avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtaladi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘prik ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab yopilmoqda hamda u orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 61, 67, 76, 77, 94, 106-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati ikki tomonlama ko‘prik yo‘li orqali tashkil etiladi.
Boshqarma xabarida ko‘prik faoliyati qachondan tiklanishiga aniqlik kiritilmagan.
2023-yilning 1-oktabridan Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida harakat vaqtincha cheklangandi. Ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlarini 2024-yilning dekabrigacha yakunlanish rejalashtirilgandi.
Yo‘l o‘tkazgichning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazilgan. Unda har biri 35 tonna bo‘lgan 4ta avtotreylerga har biri 40 tonna keluvchi 4ta harbiy tank yuklanib yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi.