Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan sex fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Yangiyer shahri bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “Y.Z.” MCHJ mas’ul shaxslari “A.Jomiy” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib olgani aniqlangan.
Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Urganchda 2 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, novvoyxona hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgani aniqlangan.