“YouTube” xizmatning pullik obunachilarida qisqa videolarni oflayn ko‘rish, yaxshilangan ovoz va boshqa yangiliklarning yangi funksiyalarini sinovdan o‘tkazmoqda.
“YouTube Premium” foydalanuvchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta funksiyalarni sinab ko‘rish va uni boshqa xizmatlar bilan birlashtirish orqali obuna narxini pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Endi obunachilarga kliplardagi audioni 256 kbit/soniya tezlikda yanada chuqurroq va aniqroq tinglash imkoniyati taqdim etildi.
iOS qurilmalarida “rasm ichida rasm” funksiyasi orqali Shorts qisqa videolarini boshqa ilovalardan foydalanayotgan paytda ham tomosha qilish, shuningdek, ularni oflayn ko‘rish uchun yuklab olish mumkin bo‘ladi.
Endi veb-versiyada sun’iy intellekt imkoniyatlari yordamida videoning eng mashhur qismlariga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, “YouTube Premium” obunasini “Google One” bulutli xotirasiga qo‘shib olish orqali uning narxini pasaytirish imkoniyati mavjud. Bu oyiga $2 tejash imkonini beradi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” Rossiya qidiruv tizimlaridan butunlay olib tashlanishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilarga videolarni faqat mahalliy platformalarda ko‘rish taklif etilmoqda.