Zamon talablariga koʻra xaridorlar koʻpincha tez va oson toʻlov usullarini tanlashadi. Ular orasida ommabop usul — mobil ilovalarda QR-kod boʻyicha toʻlov qilish. Ushbu usul ayniqsa kichik va oʻrta biznes mijozlari orasida keng tarqalgan, bunda xizmat koʻrsatish tezligi va qulaylik mijozlarning sodiqligi va qayta xarid qilish istagiga toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir koʻrsatadi.
Bozor talablari bilan hamqadam boʻlish maqsadida Smart Ecosystem va Click strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdi — Smart kassalari va terminallariga endi Oʻzbekistondagi eng taniqli toʻlov ilovasidan biri — Click SuperApp bilan QR-kod orqali toʻlov qabul qilish funksiyasi oʻrnatildi.
Bu biznesga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi
Mijozlar uchun koʻproq qulaylik — kassada kamroq yoʻqotish.
Xaridorlar shunchaki Click ilovasida QR-kodni skanerlab, sanoqli daqiqalar ichida xarid uchun toʻlov qilishlari mumkin — karta, naqd pul va ortiqcha harakatlarsiz.
Hammasi bir qurilmada — qulay va zamonaviy.
P10 — yangi avlod terminali, u oʻzida onlayn-kassa va POS-terminal funksiyalarini birlashtiradi. U turli ish formatlari uchun mos keladi: alohida kassa sifatida ham, terminal sifatida ham, “2 tasi 1 da” qurilma sifatida ham. UZCARD va Humo kartalaridan toʻlov qabul qiladi, QR-kod orqali toʻlovlarni qoʻllab-quvvatlaydi, endi esa Click ilovasi bilan ham ishlaydi.
Bunday yechim ayniqsa sotuv nuqtalari, qahvaxonalar, goʻzallik salonlari, yetkazib berish xizmatlari va servis kompaniyalari uchun juda qulay.
Raqamli toʻlovlarga tayyorlik — naqdsiz toʻlovlar odat tusiga kirmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga koʻra, naqdsiz tranzaksiyalar ulushi 40 %dan oshib ulgurgan va bu koʻrsatkich oʻsishda davom etmoqda. Bu “eski usulda” toʻlash odati oʻtmishda qolayotganini va biznes mijoz uchun qulay usullarni taklif qilishi muhimligini anglatadi.
Nega aynan Click?
Click bu — butun Oʻzbekiston boʻylab 20 milliondan ortiq foydalanuvchilar, rivojlangan ekotizim va yuqori darajali ishonch degani. Click bilan integratsiya toʻlovni soddalashtirishga, xizmat koʻrsatish tezligini esa oshirishga yordam beradi.
Qulay toʻlov usullar yoʻqligi uchun mijozlarni qoʻldan chiqarmaslik kerak. Smart Ecosystem terminallari va Click ilovasi bilan biznes zamonaviy xaridorlar talablariga javob beradigan servisni taklif qilish mumkin.
Arizani saytda yoki telefon orqali qoldirish mumkin — kompaniya mutaxassislari biznes uchun maqbul yechimni tanlaydilar.
Telefon:(+998) 71-200-30-50.
Sayt: smartpos.uz
Telegram: t.me/smartpos_uz
Reklama huquqlari asosida.