Daraxtlar smog darajasini pasaytirib, changni ushlab qoladi, zararli gazlarni yutib shaharlarni salqinlashtiradi. Bu tabiiy ta’sirni raqamli yechimlar tobora ko‘proq kuchaytirmoqda — masalan, Yashil Meros loyihasi, unda foydalanuvchilarning oddiy amallari yangi daraxtlar ekilishiga sabab bo‘ladi.

Hududdagi ayrim shaharlarda mayda zarrachalar (PM) konsentratsiyasining barqaror yuqoriligi fonida havoning sifati bilan bog‘liq tabiiy mexanizmlarga e’tibor sezilarli darajada oshdi.

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Iqlimni modellashtirish laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi Alisher Xudoyberdiyevning aytishicha, daraxtlar ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyasiga bir nechta asosiy mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatadi: ular changni ushlaydi, zararli gazlarni yutadi va atrofdagi mikroiqlimni o‘zgartirib, havoni tozalashga yordam beradi.

Barg yuzasi PM2.5 va PM10 kabi zarrachalarning katta qismini ushlab qola oladi, ayniqsa avtomobil harakati zich bo‘lgan hududlarda. Shuningdek, daraxtlar issiq ob-havo sharoitida ko‘payadigan azot dioksidi va ozon kabi gazlarni ham yutadi. Bu jarayon yer sathidagi havoda ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytiradi.

Zarrachalarni va gazlarni filtratsiya qilishdan tashqari, yashil hududlar salqinlashtiruvchi ta’sirga ega. Soyaning mavjudligi va namlikning bug‘lanishi hisobiga shahar hududlarida harorat 2−4 gradusgacha pasayishi mumkin, bu esa smogning yerga yaqin qatlamda ushlanib qolishini kamaytiradi. Ushbu jarayonlar yig‘indisi havoni tozalashda shahar yashil infratuzilmasining umumiy ekologik ahamiyatini kuchaytiradi.

Xalqaro tadqiqotlar ham shunga o‘xshash natijalarni ko‘rsatmoqda: Buyuk Britaniya va Germaniyaning bir qator shaharlarida yashil maydonlarning 10% ga kengayishi ifloslanish darajasini 4−8% ga kamayishiga olib kelgan. Londonning ayrim hududlarida esa yashil hududlar yonida azot dioksidi kontsentratsiyasi qo‘shni mahallalarga nisbatan 15% past bo‘lgan. Bu ma’lumotlar kichik yashil zonalarning ham mahalliy havo sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi.

Shu bilan birga, turli mamlakatlarda odamlarning kundalik harakatlarini yashil infratuzilmani kengaytirish bilan bog‘laydigan raqamli modellar paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda bunday yondashuvni Click kompaniyasi Yashil Meros loyihasi orqali qo‘llab-quvvatlamoqda — unda foydalanuvchilar kundalik raqamli operatsiyalar orqali ball to‘playdi va ularni virtual daraxtlarga yo‘naltiradi: ushbu daraxtlar esa real hayotda kompaniyaning o‘zi tomonidan ekiladi.

Bu texnologiyalar qo‘shimcha daraxt ekish jarayonini yaratib, aholining shahar ekologik siyosatidagi ishtirokining yangi turini shakllantiradi ya’ni raqamli servislar va tabiiy jarayonlar o‘zaro bog‘lanadi.

Shaharlar rivojlangani sari daraxtlarning va ularning ta’sirini kuchaytiradigan texnologiyalarning roli yanada ortib boradi. Havoni tozalashning tabiiy mexanizmlari yanda kengroq iqlim strategiyasining bir qismiga aylanib, unda raqamli yechimlar har bir insonning hissasini yanada oshiradi.

Reklama huquqlari asosida.