Britaniyaning BBC teleradiokompaniyasining yangiliklar bo‘limi — BBC News yaqin kunlarda ma’lum bo‘ladigan keng ko‘lamli ish o‘rinlarini qisqartirishga tayyorlanmoqda.

Bu 500 mln funt sterling tejashga mo‘ljallangan tejamkorlik dasturini boshlaydi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Qisqartirishlar chorshanba kuni boshlanishi va yuzlab odamlarga ta’sir qilishi mumkin. Xodimlar bo‘lajak ishdan bo‘shatishlar haqida allaqachon ogohlantirilgan.

Yangiliklar bo‘limi korporatsiyaning boshqa bo‘limlariga qaraganda kattaroq qisqartirishlarga tayyorlanmoqda.

Qayd etilishicha, BBC News’da kompaniyaning 21,5 ming xodimining chorak qismi ishlaydi.

Korporatsiya kelgusi ikki yil ichida yillik 5 mlrd funt sterlinglik operatsion xarajatlardan 500 mln funt sterling tejashi kerakligi ma’lum qilingan.

Shu sababli aprel oyida BBC rahbariyati xodimlarga elektron xat yubordi. Murojaatnomada ish o‘rinlari soni 2 mingtaga qisqarishi qayd etilgan.


Avvalroq Spot Meta 7000 nafar xodimini sun’iy intellektni ishlab chiqish loyihalariga qayta yo‘naltirishi haqida yozgandi.

Shuningdek, kompaniya 8000 nafar xodimni, ya’ni shtatning 10% ini ishdan bo‘shatish haqida xabardor qilishni rejalashtirmoqda