O‘zbekiston logistika sohasi so‘nggi o‘n yillikda yuqori texnologiyali sektorga aylandi. Bu jarayonning asosiy ishtirokchilaridan biri — 2026-yilda o‘zining o‘n yillik yubileyini nishonlayotgan EMU Express kompaniyasi bo‘ldi. 2016-yilda bitiruv ishi sifatida boshlangan brend tarixi bugungi kunda keng tarqalgan milliy infratuzilmaga aylandi. Respublikaning har bir hududida, jumladan, eng chekka aholi punktlarida joylashgan 220 dan ortiq xususiy qabul qilish va topshirish punktlari xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ta’minlamoqda va yetkazib berishni amalga oshirib kelmoqda.

500 nafardan ko‘proq professionallardan iborat jamoa har kuni murakkab tizim ishini ta’minlab, jadal rivojlanayotgan elektron tijorat sektori uchun ishonchli tayanchga aylanmoqda. Kompaniya Qozog‘istonda 22 ta ofisni ochib, xalqaro darajaga muvaffaqiyatli chiqdi. Talabalik loyihasidan tortib bozor eksperti darajasigacha bo‘lgan yo‘l, sun’iy intellektning joriy etilishi va Markaziy Osiyoda yirik logistika xabini yaratish bo‘yicha ambitsiyali rejalar haqida EMU Express asoschisi Murod Jumayev so‘zlab berdi.

emu express, reklama

Bozorda 10 yil — bu jiddiy yo‘l. Hammasi nimadan boshlandi va EMU Express’ning ushbu sohadagi uzoq muddatli faoliyatining asosiy siri nimada?

Mening sohadagi faoliyatim TATUda pochta aloqasi texnologiyalari yo‘nalishida o‘qishdan boshlangan. 2008-yilda “O‘zbekiston pochtasi"ning Buxoro filialida ish boshlaganman va ichki jarayonlarni o‘rganganman. O‘shandayoq bozorga tezkorlik yetishmasligi ayon bo‘lgan edi. EMU Express g‘oyasi 2016-yilda Oliy biznes maktabida magistraturada o‘qiyotgan paytimda tug‘ilgan. Biznes-rejalashtirish darslarida olti nafar talabadan iborat jamoa bilan loyiha yaratdik: men g‘oyani taklif qildim, sheriklarimizdan biri logotipni ishlab chiqdi, boshqalari missiyani yozishdi. Ushbu o‘quv keysi 2016-yil 7-noyabrda asos solingan haqiqiy kompaniyaga aylandi. Muvaffaqiyat siri — ishonchli jamoa va mijozlarning ishonchida. Bu o‘z ishiga sodiq yuzlab insonlarning jamoaviy mehnati natijasidir.

emu express, reklama

Shioringiz — “Aholiga tez va ishonchli xizmat ko’rsatish”. Olis hududlardagi logistika o‘ziga xosliklarini inobatga olgan holda, buni mijozlarga amalda qanday isbotlaysiz?

Birinchi ish kunidanoq qat’iy reglamentga amal qilganmiz: O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab yetkazib berish 24 soat, chekka hududlarga esa 48 soat ichida amalga oshiriladi. Bu biz uchun o‘zgarmas qonun. Ish boshlagan kezlari chekka qishloqdagi bitta jo‘natmani yetkazib berish uchun xizmat narxidan 20−30 baravar ko‘p xarajat qilingan holatlar bo‘lgan. Lekin mijoz oldidagi so‘zning ustidan chiqish uchun majburiyatlar har doim bajarilgan. Belgilangan muddatlarga amal qilish — bu butun mamlakat bo‘ylab hamkorlar qadrlaydigan obro‘ning poydevoridir.

Asosiy e’tibor B2B-segmentiga qaratilgan. Yetkazib berish sohasidagi qaysi biznes muammolari eng samarali hal qilinmoqda?

Mamlakatda onlayn savdo ulushi ortib bormoqda va logistika kompaniyasi internet-do‘konlar uchun asosiy hamkorga aylanmoqda. Biz asosiy vazifani hal etamiz: yukning butligini va belgilangan muddatda yetkazilishini kafolatlagan holda, sotuvchi va xaridorni bir-biriga yaqinlashtiramiz. Biz barcha operatsion qismni o‘z zimmamizga olib, tadbirkorlarga mahsulot va marketingga e’tibor qaratish imkonini beramiz.

Agar yetkazib berish jarayonida kompaniya aybi bilan mahsulotga zarar yetsa, zarar har doim to‘liq qoplab beriladi. Munosabatlar shaffoflik va mas’uliyat asosida quriladi.

emu express, reklama

Kichik biznes uchun narx masalasi juda muhim. Moslashuvchan tariflar yosh loyihalarga xarajatlarni optimallashtirish va tezroq o‘sishga qanday yordam beradi?

Startaplar uchun xarajatlarni minimallashtirish — omon qolish masalasidir. Har bir B2B-hamkori uchun yukning o‘ziga xosligi, vazni, o‘lchamlari va geografiyasini hisobga olgan holda individual tarif rejalari ishlab chiqiladi. Tajriba bilan bo‘lishiladi: xaridor buyurtmani qanchalik tez olsa, uning sadoqati va biznesdagi mablag‘ aylanmasi tezligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Tizimning onlayn maydonchalar jarayonlariga integratsiyalashuvi kichik biznesga xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha bozor gigantlari bilan raqobatlashish imkonini beradi.

Butun O‘zbekistonni qamrab oluvchi tarmoqni qurish qanchalik qiyin bo‘ldi?

Bu jiddiy sinov bo‘ldi. O‘n yil oldin bu sohada filiallar ochish yoki xodimlarni saralash bo‘yicha tayyor uslubiyotlar mavjud emas edi. Tajriba xato va kamchiliklar orqali to‘plangan. Hozirda tizim to‘liq avtomatlashtirilgan. Respublikada o‘z boshqaruviga ega 24 ta yirik filial faoliyat yuritmoqda. Umumiy shtat 500 dan ortiq xodimni tashkil etadi — bular yiliga 3 mlndan ortiq jo‘natmalarni qayta ishlaydigan kuryerlar va operatorlardir.

emu express, reklama

Kompaniyada xizmat ko‘rsatish sifati va korporativ madaniyat qanday qo‘llab-quvvatlanadi?

Ichki madaniyat tashkil etilgan kundan boshlab shakllanib keladi. Qadriyatlar muntazam yig‘ilishlar va maxsus treninglar orqali xodimlarga yetkaziladi. Agar xodimning qarashlari korporativ standartlarga mos kelmasa, kompaniya u bilan xayrlashadi.

Asosiy maqsad — har bir mijozning mamnunligi. Agar murakkab vaziyat yuzaga kelsa, men optimal yechim topish uchun hamkor bilan shaxsan uchrashishga tayyorman. Muvaffaqiyatli rivojlanish faqat xodimlar va buyurtmachilar tomonidan yuqori ishonch bo‘lgandagina mumkin.

emu express, reklama

Samaradorlikni oshirish uchun qanday texnologik innovatsiyalar joriy etilmoqda?

Zamonaviy logistikani IT yechimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoa ilg‘or avtomatlashtirilgan saralash markazlari tajribasini o‘rganish uchun Xitoyga borib keldi va hozirda ushbu texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan faol foydalanilmoqda. Tizim yo‘l harakati trafigini real vaqt rejimida tahlil qiladi va kuryerlar uchun optimal yo‘nalishlarni tuzadi. Bu yo‘ldagi vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga va umumiy transport tarmog‘i samaradorligini oshirishga yordam beradi.

emu express, reklama

Qozog‘iston bozoriga chiqish — katta qadam. Nega aynan shu yo‘nalish tanlandi va bu mijozlar uchun qanday imkoniyatlarni yaratadi?

Bu bizning jahon maydoniga ilk chiqishimiz. Biz DHL yoki FedEx darajasidagi brend bo‘lishni maqsad qilganmiz. Qozog‘iston madaniy yaqinlik va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot tufayli tanlandi. Biz mamlakatning 17 ta viloyati va uchta yirik shahrida, jumladan, yuklarni saralash markazlari tashkil etilgan Olmaota va Ostonada o‘z ofislarimizni ochdik. Tadbirkorlar uchun bu ulkan istiqbollarni ochadi: o‘zbekistonlik internet-do‘konlar endi o‘z mahsulotlarini qo‘shni bozorda tarmoq infratuzilmasi va standartlaridan foydalangan holda sotishlari mumkin.

emu express, reklama

Keyingi o‘n yil uchun kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha global maqsadlar qanday?

Maqsadimiz — Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika xabiga aylanish. Qozog‘istondagi birinchi bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirildi. O‘n baravar o‘sish strategiyasiga ishonch bildirilmoqda va keyingi o‘n yillikda muvaffaqiyatni mintaqaning kamida beshta davlatiga yoyish rejalashtirilmoqda. Boshqaruvning mukammal tizimi, ulkan tajriba va xalqaro darajadagi vazifalarni hal qila oladigan professional jamoa mavjud.

O‘n yil ichida EMU Express O‘zbekiston kuryerlik xizmatlari bozorida yangi sifat standartlarini shakllantirdi. Har bir hamkorga individual yondashuv kompaniyaga yetakchilikni saqlab qolish imkonini beradi. Xalqaro tarmoqning rivojlanishi mahalliy biznes uchun yangi ufqlarni ochadi.


EMU Express xizmatlarning to‘liq majmuasini taqdim etadi:

  • O‘zbekiston bo‘ylab va jahonning 165 ta davlatiga ekspress yetkazib berish;
  • fulfilment va ombor logistikasi;
  • B2B sektori uchun individual tarif rejalari;
  • buyurtmalarni real vaqt rejimida qulay monitoring qilish va kuzatish.

Telefon: (+998) 71−200−96−69.

Sayt: emu.uz
Facebook: fb.com/emucargo
Instagram: @emu_tashkent

Reklama huquqlari asosida.