O‘zbekistonda kichik AESni texnik jihatdan ishga tushirish 2029-yilning oktabr-noyabr oylariga rejalashtirilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi (O‘zatom) direktori Azim Axmedxadjayev Alibaev.Politika YouTube loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Birinchi kichik modulli reaktorimiz 2029-yilning oktabr-noyabr oylarida texnik jihatdan ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Olti oy ichida ikkinchi kichik modulli reaktorni ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi u.

AESning birinchi katta reaktorini ishga tushirish 2033-yilga, integratsiyalashgan atom stansiyasini to‘liq ishga tushirish esa 2034−2035-yillarga mo‘ljallangan.

Amaldorning ta’kidlashicha, loyihani amalga oshirish muddatlari qurilish tezligi bilan emas, balki birinchi navbatda xavfsizlik talablari bilan belgilanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maydonga MAGATE ekspertlari muntazam ravishda tashrif buyuradi — bu yil ikkita missiya rejalashtirilgan.

“Biz shoshilmasligimiz kerakligini tushunib, belgilangan muddatlarga muvofiq harakat qilmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Axmedxadjayev.

O‘zatom rahbarining ta’kidlashicha, atom stansiyasi o‘nlab yillar oldin quriladi va uning butun hayotiy sikli har bir bosqichda xalqaro standartlarga rioya qilinishiga bog‘liq.

Tinch atom

2025-yil sentabr oyida O‘zatom va Rosatom O‘zbekistondagi AES loyihasining yangi konfiguratsiyasi — ikkita katta quvvatli energoblok va ikkita kichik quvvatli atom stansiyasi blokidan iborat tarkib bo‘yicha kelishib olgandi.

Qo‘shimcha kelishuv loyiha tarkibiga 3+ avlodiga mansub VVER-1000 asosidagi ikkita katta quvvatli energoblok hamda har birining quvvati 55 MVt bo‘lgan RITM-200N reaktorli ikkita energoblok kiritilishini nazarda tutadi.

Shu tariqa, integratsiyalashgan AESning umumiy quvvati 2,1 GVt dan oshadi: katta stansiyaniki — 2 GVt, kichiginiki — 110 MVt.

Oktabr oyida O‘zbekistonda kichik AES qurilishining asosiy bosqichi boshlandi. Jizzax viloyatidagi qurilish maydonchasida RITM-200N reaktorli energoblok poydevori uchun kotlovan qazish ishlariga kirishildi.

Joriy yil mart oyida Jizzax viloyatidagi AES qurilish maydonida dastlabki beton ishlari boshlandi. Ishlar yakuniga ko‘ra, gidroizolyatsiya va yerga ulash tizimiga ega reaktor binosi poydevori tayyorlanadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya integratsiyalashgan AES qurilishi bo‘yicha shartnomaga qo‘shimcha kelishuv imzoladi. Loyiha kichik va katta quvvatli atom stansiyalarini bir vaqtning o‘zida joylashtirishni nazarda tutadi.

Qo‘shimcha bitimga ko‘ra, loyiha tarkibiga 3+ avlod VVER-1000 asosidagi ikkita katta quvvatli energoblok va har birining quvvati 55 MVt bo‘lgan RITM-200N reaktorli ikkita energoblok kiradi. Shunday qilib, integratsiyalashgan AESning umumiy quvvati 2,1 GVt dan oshadi: katta stansiya — 2 GVt, kichik — 110 MVt.

4-iyun kuni O‘zbekistonda integratsiyalashgan AES qurilishi boshlandi. Jizzax viloyatining Forish tumanida integratsiyalashgan AESning birinchi energoblokiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi betonning ramziy quyilishi stansiya qurilishining rasmiy boshlanishini belgilab berdi.


Avvalroq O‘zatom direktori Azim Axmedxadjayev O‘zbekistonda AES elektri narxi kVt/soat uchun 1000 so‘mdan past bo‘lishini ma’lum qilgandi.