Dubayda yaqin ikki oy ichida qurilishida oltindan foydalanilgan dunyodagi ilk ochiladi. Bu haqda Emarat al-Yaum gazetasi ma’lum qildi.
Dubai Gold District savdo yo‘nalishi bo‘yicha katta direktori Rashid al-Hamudiyning so‘zlariga ko‘ra, bu sayyoradagi eng uzun oltin yo‘lak ham bo‘ladi.
Yo‘lak Dubai Gold District savdo hududining bir qismiga aylanadi. Uning maqsadi sayyohlarni jalb qilish va amirlikning oltin savdosi bo‘yicha jahon markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashdan iborat.
Hozirda ushbu hududda oltin va zargarlik buyumlari savdosi uchun ko‘rgazma majmuasi ham qurilmoqda.
Dubai Gold District vakillarining ta’kidlashicha, u Yaqin Sharqdagi eng yirik majmua bo‘ladi. Bundan tashqari, bu yerda yangi ofislar va savdo maydonlarini ochish rejalashtirilgan.
Hududni rivojlantirishda tijoriy manfaatlar ham ko‘zlangan. Al-Hamudi kelgusi bir yil ichida o‘z faoliyatini bu yerga ko‘chiradigan kompaniyalar soni 10−20% ga oshishini kutmoqda.
Loyiha haqida ilk bor 2026-yil yanvar oyida e’lon qilingan. O‘shanda Ithra Dubai qurilish kompaniyasi Dubai Gold District loyihasini oltin biznesining barcha yo‘nalishlarini — chakana savdo, oltin quymalari, ulgurji savdo va investitsiyalarni birlashtirgan yagona majmua sifatida taqdim etgan.
Savdo hududi Deyra tumanidagi mashhur Oltin bozori negizida shakllangan. Bu yerda oltin, zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar, shuningdek, atir-upa va kosmetika mahsulotlarini sotadigan 1000 dan ortiq do‘kon faoliyat yuritadi.
Avvalroq Spot Dubaydagi Burj Al Arab mehmonxonasi restavratsiya uchun yopilayotgani haqida yozgandi.
Mehmonxona o‘z faoliyatini 18 oyga to‘xtatadi — bu 1999-yilda ochilganidan beri birinchi yirik yangilanish hisoblanadi.