BAA O‘zbekistondan bir necha turdagi chorvachilik mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit vazirligi eksport veterinariya-sanitariya sertifikatlarining beshta namunasi ikki tomonlama kelishilganini tasdiqladi.

Qayd etilishicha, gap inkubatsiya va iste’mol tuxumlari, bir kunlik jo‘jalar, parranda va quyon go‘shti haqida bormoqda.

Kelishuv sanab o‘tilgan mahsulot turlarining Amirliklar bozoriga kirishini rasman ochadi, deya ta’kidladi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. Bu chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun sharoit yaratadi.

Veterinariya-sanitariya sertifikati tovarning import qiluvchi mamlakat sanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi.

Mahsulotlarni BAA bojxonasidan o‘tkazish uchun ikki tomonlama kelishilgan namuna bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatning mavjudligi majburiydir.

Pokiston hukumati O‘zbekistondan to‘rt turdagi meva va sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.

Ikki davlat fitosanitariya nazorati organlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida O‘zbekiston korxonalari achchiq qalampir, olma, limon va anjir yetkazib berish huquqini qo‘lga kiritdi.

Pokistonga eksport qilishga ruxsat etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlarining umumiy soni 29 taga yetdi.

Import qilinadigan mahsulotlar plastik yoki karton qutilarga qadoqlanishi va 3 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanishi kerak. Shuningdek, eksport qiluvchi xavfli parazitlar yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi shart.


Avvalroq Spot O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy Xitoyga gaz yetkazib bermayotgani, eksport 65 baravarga qisqargani haqida yozgandi.