O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
26-maydan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 997,83 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 18 so‘m 19 tiyinga oshdi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2026-yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi. Aprel oyida milliy valyuta dollarga nisbatan 235,92 so‘mga yoki 1,93% ga oshib, 11 974,79 so‘mni tashkil etdi.
Oyning birinchi yarmida kurs 12 200 so‘m atrofida edi. Biroq, ikkinchi yarmida milliy valyuta 200 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi va 19-yanvardan beri birinchi marta 12 000 so‘mga yetdi.
Yil boshidan buyon milliy valyuta dollarga nisbatan 0,42% ga yoki 50 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, dollar kursi nominal hisobda 6,9% ga pasaydi.
Avvalroq Spot banklardan $500 gacha valyutani pasportsiz xarid qilishga ruxsat berilgani haqida yozgandi. Hozirgi limit $100 ni tashkil etadi, o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.