O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.



Jumladan:
- 2026−2030-yillarda savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- O‘zbekiston va Belarus Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan maslahatlashuvlar dasturi;
- 2005-yil 19-yanvardagi Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
- Belarus hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida bitim;
- O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- 2026−2028-yillarga mo‘ljallangan madaniyat sohasidagi hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston va Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida 2027−2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- O‘zaro sayyohlar oqimni ko‘paytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi;
- 2026−2028-yillarda agrosanoat majmuidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Belarusning Bellegprom davlat konserni o‘rtasida yengil sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belarus Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Belarus Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Belarus strategik tadqiqotlar instituti o‘rtasida O‘zbekiston — Belarus ekspertlar kengashini taʼsis etish to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Belarus Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi o‘rtasida agrosanoat sohasida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ahdlashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Belarus Milliy fanlar akademiyasi o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Belarus Fundamental tadqiqotlar jamg‘armasi o‘rtasida ham memorandum imzolandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekiston va Belarus 130 tonnalik BelAZ‘ni ishlab chiqarishni o‘zlashtirgani haqida yozgandi.







