«poyezd» tegli maqolalar
7 may 2026, 16:01 Transport
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlandi
110 kilometrlik loyiha doirasida 4 ta bekat, 21 ta yo‘l o‘tkazgich hamda 6 ta ko‘prik barpo etiladi.
5 may 2026, 10:39 Transport
Jaloliddin Manguberdi poyezdi Toshkentdan Xivaga ilk qatnovini amalga oshirdi
Tarkib 7 vagonli va 389 o‘rinli bo‘lib, shaharlar o‘rtasida haftasiga uch marta qatnab, 1220 km masofani 7,5 soatda bosib o‘tadi.
30 aprel 2026, 16:15 Iqtisodiyot
300 km/soat tezlikda harakatlanuvchi Toshkent-Samarqand tezyurar temiryo‘li uchun TIA ishlab chiqildi
Texnik-iqtisodiy asos Koreya Eksimbankining $3 mlnlik grant ko‘magida Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan tayyorlandi.
1 aprel 2026, 14:55 Qonunchilik
O‘zbekistonda poyezd kechiksa yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
Poyezd 1 soatdan ortiq kechiksa — chipta narxining 50%i, 2 soat kechiksa — 100%i qaytariladi.
31 mart 2026, 11:22 Transport
O‘TY 2026-yili Orient Silk Road Express sayyohlik poyezdining 12 ta qatnovini amalga oshiradi
Birinchi tarkib 82 nafar sayyoh bilan 30-mart kuni Toshkentning Shimoliy vokzalidan yo‘lga chiqdi.
18 mart 2026, 20:19 Transport
2-maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
Yo‘lga ketadigan vaqt ikki baravarga — 14 soatdan 7 soatga qisqaradi. Yetti vagondan iborat poyezd soatiga 260 km gacha tezlikka erisha oladi.
25 fevral 2026, 19:31 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2026-yili jami 954 dona yuk va 70 dona yo‘lovchi vagoni ishlab chiqariladi
Qo‘shimcha $100 mln hisobidan 1350 dona yuk vagoni yetkazib beriladi. Sanoat quvvatlari 1,5 barobarga oshiriladi, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqariladi.
7 fevral 2026, 17:59 Transport
Angliyada akkumulyatorli birinchi yo‘lovchi elektr poyezdi ishga tushdi
Ushbu tarkib sinovlar davomida 323 kilometr masofani bitta zaryadkada bosib o‘tib, jahon rekordini o‘rnatdi.
5 yanvar 2026, 16:59 Transport
O‘zbekiston temir yo‘llari va Talgo 80 mln yevrolik shartnoma imzoladi
Ispaniya kompaniyasi 10 yil davomida Afrosiyob tezyurar poyezdlariga texnik xizmat ko‘rsatadi.
5 yanvar 2026, 16:23 Transport
O‘zbekiston temir yo‘llari 200 ta yo‘lovchi vagonini yangilash uchun $143 mln kredit oladi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi yillik 5% stavkada 10 yilga mo‘ljallangan, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan kredit ajratadi.
19 dekabr 2025, 11:44 Transport
21-dekabrdan Toshkent-Qozon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi boshlanadi
Poyezdlar har hafta qatnov amalga oshiradi. Tatariston poytaxtigacha bo‘lgan safar 2,5 sutkani tashkil etadi.
15 dekabr 2025, 17:24 Transport
Toshkent-Xiva tezyurar poyezdi 2026-yil martidan keyin ishga tushiriladi
Hyundai Rotem poyezdlari Afrosiyobga qaraganda kattaroq va mahalliy iqlimga moslashtirilgan. Ularning maksimal tezligi soatiga 250 kilometrga yetadi.
6 noyabr 2025, 15:51 Transport
Urganch-Nukus yo‘nalishidagi poyezdlar uchun chipta narxi oshiriladi
22-noyabrdan chipta narxlari kattalar uchun 20 ming so‘mdan 40 ming so‘mga, bolalar uchun esa 11,5 ming so‘mdan 21,5 ming so‘mgacha oshiriladi.
26 sentabr 2025, 21:35 Transport
Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘shimcha qatnovlar 1 va 2-oktabr kunlari, shuningdek, 3-oktabrdan haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
10 sentabr 2025, 11:00 Transport
Afrosiyob poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi
Shuningdek, Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
5 iyul 2025, 13:06 Biznes
O‘zbekiston Transmashxolding bilan harakat tarkibini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Bahorda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berilgandi.
2 may 2025, 10:18 Iqtisodiyot
Toshkentdan Xivaga tezyurar poyezdlar qatnovi 2026-yildan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda
Natijada yiliga 3 mlndan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilib, yo‘lga sarflanadigan vaqt esa ikki baravarga — 7 soat 40 daqiqagacha qisqaradi.
25 aprel 2025, 12:46 Iqtisodiyot
26-apreldan Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Foto
Jami 396 nafar yo‘lovchini tashish quvvatiga ega vagonlarning 4 tasi plastkart, yana 4 tasi kupe hamda 2 tasi SV vagonlaridan iborat.
27 mart 2025, 11:45 Biznes
O‘zbekistonda yangi kupe va plaskart yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarildi. Foto
Bundan tashqari, 12 ta vagondan iborat yangi dizel poyezd qurilib, Toshkent-Buxoro yo‘nalishida yo‘lga qo‘yildi.
4 mart 2025, 14:28 Iqtisodiyot
Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovlar 20, 21, 22, 23, 24, 29, 30, 31-mart hamda 1-aprel kunlari amalga oshiriladi.