10-sentabrdan 730/729-sonli Toshkent−Andijon−Toshkent yo‘nalishidagi amaldagi poyezd o‘rniga Xitoyda ishlab chiqarilgan tezyurar CRRC-Dalian elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi xabar berdi.

730-sonli Toshkent−Andijon elektropoyezdi Toshkentdan soat 09:20 da jo‘nab, Angrenga 10:25 da, Popga 12:00 da, Qo‘qonga 12:28 da, Marg‘ilonga 13:00 da yetib boradi. Poyezd Andijonga soat 13:35 da yetib keladi.

729-sonli Andijon−Toshkent elektropoyezdi esa Andijondan soat 15:38 da jo‘nab, Marg‘ilonga 16:11 da, Qo‘qonga 16:43 da, Popga 17:11 da, Angrenga 18:50 da yetib boradi. Toshkentga soat 19:53 da yetib keladi.

Elektropoyezd to‘rtta ekonom klass vagondan iborat bo‘lib, jami 357 ta o‘ringa ega. Shuningdek, qator yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi.

10-sentabrdan:

  • 97/95-sonli Andijon−Toshkent — 17:30−00:27;
  • 96-sonli Toshkent−Andijon — 04:55−11:43;
  • 98/94-sonli Toshkent−Andijon — 07:14−13:48;
  • 125/126-sonli Andijon−Xiva/Urganch — Andijondan 15:45, Toshkent-Janubiyga 21:48;
  • 127/128-sonli Andijon−Qo‘ng‘irot — Andijondan 17:30, Toshkent-Janubiyga 00:27;
  • 128/127-sonli Qo‘ng‘irot−Andijon — Toshkent-Janubiydan 05:58, Andijonga 13:14;
  • 129/130-sonli Andijon−Termiz — Andijondan 16:35, Toshkent-Janubiyga 22:31;
  • 731-sonli Andijon−Toshkent — 06:35−13:15;
  • 732-sonli Toshkent−Andijon — 17:50−23:58;
  • 6312-sonli Qo‘qon−Andijon — 06:05−08:44;
  • 6313-sonli Andijon−Qo‘qon — 17:08−19:45;
  • 7091-sonli Qo‘qon−Namangan−Andijon−Qo‘qon — Qo‘qondan 05:30, Namanganga 07:51, Andijonga 10:40, Qo‘qonga qaytish 13:42;
  • 7093-sonli Qo‘qon−Namangan — 14:15−16:36;
  • 7094-sonli Namangan−Qo‘qon — 17:00−19:16.

Bundan tashqari, 126/125-sonli Xiva/Urganch−Andijon poyezdi 9-sentabrdan yangilangan jadval asosida harakatlanadi. U Toshkent-Janubiydan 05:58 da jo‘nab, Andijonga 12:13 da yetib boradi.

130/129-sonli Termiz−Andijon poyezdi ham 9-sentabrdan yangi jadval asosida Toshkent-Janubiydan 07:14 da jo‘nab, Andijonga 13:15 da yetib boradi.

93-sonli Andijon−Toshkent poyezdi 12-sentabrdan Andijondan 16:35 da jo‘nab, Toshkentga 22:31 da yetib keladi. 13-sentabrdan 734-sonli Toshkent−Andijon poyezdi poytaxtdan 17:50 da yo‘lga chiqib, Andijonga 00:36 da yetib boradi.

14-sentabrdan 92-sonli Toshkent−Andijon poyezdi 17:50−00:36, 733-sonli Andijon−Toshkent poyezdi esa 05:50−13:15 jadvali asosida harakatlanadi.

15-sentabrdan 91-sonli Andijon−Toshkent poyezdi Andijondan 18:40 da jo‘nab, Toshkentga 01:31 da yetib keladi.

Yo‘lovchilarga safardan oldin poyezdlarning yangilangan harakat jadvaliga e‘tibor qaratish tavsiya etildi.

Avgust oyida Toshkent va Andijon o‘rtasida sinov tarzida tezyurar poyezd harakati yo‘lga qo‘yilgandi. Xitoydan olib kelingan poyezd 160 km/soat tezlikda harakatlanib, Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan masofani qariyb 3 soatda bosib o‘tadi.

Spot, avvalroq, Xiva va Buxoro o‘rtasida 9-sentabrdan Xitoy elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgandi.