9-sentabrdan Xiva−Buxoro−Xiva yo‘nalishida yangi tezyurar CRRC Dalian yo‘lovchi elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi xabar berdi.
707-sonli Xiva−Buxoro-1 elektropoyezdi seshanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari qatnaydi. Poyezd Xivadan soat 09:55 da jo‘nab, Buxoroga 14:32 da yetib boradi.
706-sonli Buxoro-1−Xiva elektropoyezdi esa dushanba kunidan tashqari haftaning barcha kunlari harakatlanadi. U Buxorodan soat 15:45 da jo‘nab, Xivaga 20:25 da yetib keladi.
Buxoro−Toshkent−Buxoro yo‘nalishida ham yangi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
14-sentabrdan 701-sonli Buxoro-1−Toshkent elektropoyezdi har dushanba kuni soat 15:17 da Buxorodan jo‘nab, 21:22 da Toshkentga yetib keladi.
15-sentabrdan 702-sonli Toshkent−Buxoro-1 elektropoyezdi har seshanba kuni qatnaydi. U Toshkentdan soat 10:05 da jo‘nab, Buxoroga 15:17 da yetib boradi.



Yangi elektropoyezdlar beshta vagondan iborat bo‘lib, jami 415 ta ekonom klass o‘rindig‘iga ega.
Yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirishlar kiritiladi:
- 56-sonli Toshkent Janubiy−Xiva — 8-sentabrdan;
- 58-sonli Toshkent Janubiy−Shovot — 10-sentabrdan;
- 127/128-sonli Andijon−Qo‘ng‘irot — 8-sentabrdan;
- 301-sonli Dushanbe−Toshkent — 15-sentabrdan;
- 6412-sonli Toshkent Janubiy−Xovos — 15-sentabrdan, har seshanba kuni;
- 6353-sonli Urganch−Nukus — 9-sentabrdan.
Spot, avvalroq, Urganch aeroporti va Xivani bog‘lovchi yangi temir yo‘li ishga tushirilgani haqida yozgandi.


