O‘zbekistonda Toshkent-Samarqand tezyurar temiryo‘li qurilishi loyihasining yakuniy texnik-iqtisodiy asosi taqdim etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

28-aprel kuni Janubiy Koreyaning Saman Engineering, Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd, Korea Railroad Corporation va Korea National Railway kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan TIA bo‘yicha yakuniy hisobot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Von Do Yon, Janubiy Koreya Eksimbankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sanjin Kang, O‘zbekiston temir yo‘llari bosh muhandisi Sharofiddin Qodirov, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari hamda boshqa rasmiylar ishtirok etdi.

Taqdimotdan ma‘lum bo‘lishicha, yuqori tezlikdagi magistral yo‘lovchi poyezdlariga soatiga 300 km/soatgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi.

Yil boshida Koreya Eksport-import bankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sanjin Kang loyihani amalga oshirish muddati o‘rtacha 7−10 yilni tashkil etishini, tezyurar temiryo‘lni to‘liq ishga tushirish esa 2030-yillarning birinchi yarmiga rejalashtirilganini ma‘lum qilgandi. Yo‘nalish uzunligi 300 kmni, o‘rtacha tezlik soatiga 185,7 kmni, yo‘lga ketadigan vaqt esa qariyb 1,5 soatni tashkil etadi.

2-maydan boshlab Toshkent va Xiva o‘rtasida Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd yettita vagondan iborat bo‘lib, soatiga 260 km gacha harakatlanadi.

Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘li

2023-yil noyabr oyida O‘zbekiston temir yo‘llari raisining birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov birinchi marta yuqori tezlikda harakatlanish uchun alohida tarmoq qurish rejalari haqida Spot’ga ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi infratuzilma yo‘lovchi va yuk tashishning o‘sib borayotgan hajmi uchun yetarli emas.

2024-yil sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshqaruvchilari yig‘ilishida tezyurar temir yo‘l magistrallari qurilishini e’lon qilgan edi. Ular Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlari bo‘ylab o‘tadi. Qurilishga Turkiyaning Rönesans Holding guruhi jalb etilishi mumkin.

2025-yilning fevral oyida Transport vazirligi Janubiy Koreya kompaniyalari konsorsiumi bilan Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni boshlashga kelishib oldi. Koreya Eksimbanki buning uchun grant ajratadi.

Loyihaga, jumladan, temir yo‘lni moliyalashtirishga Xitoy Eksimbanki va Yevropa investitsiya banki qiziqish bildirgan.

Iyul oyi oxirida transport vaziri Ilhom Mahkamov TIA joriy yil oxirigacha yakunlanishini ma’lum qilgandi. 2026-yil yanvar oyidan tenderni o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlashni boshlash rejalashtirilgandi.

2026-yilda Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘li qurilishi boshlanadi, deyilgan edi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kelgusi uch yillik moliyaviy strategiyasida.

2025-yil 24-oktyabrda Janubiy Koreyaning Saman Engineering kompaniyasi Transport vazirligi, O‘zbekiston temir yo‘llari va boshqa idoralar takliflari asosida Toshkent-Samarqand tezyurar temir yo‘lining 3 ta variantini taqdim etdi.

Sangjin Kang tomonidan e‘lon qilingan parametrlar birinchi variantga mos keladi, unga ko‘ra temir yo‘l uzunligi 282 km, sayohat vaqti 1 soat 26 daqiqa, o‘rtacha tezlik esa 185,7 km/soatni tashkil etadi. Jami 8,9 km uzunlikdagi 74 ta ko‘prik va 3 ta tunnel qurish rejalashtirilgan.

afrosiyob, poyezd, samarqand, temir yo‘l, tezyurar, transport vazirligi

Dekabr oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yillik murojaatida Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar yo‘lovchi poyezdlari uchun yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlanganini e‘lon qilgan edi.

Prezident Transport vazirligiga O‘zbekiston temir yo‘llari bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda “Toshkent — Samarqand yo‘nalishida alohida ajratilgan ikki qatorli tezyurar temir yo‘l magistrali"ni qurish loyihasining baholash hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Spot, avvalroq, Rossiyada xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirilgani haqida yozgandi.