“Toshissiqquvvati” DUK 2018 yil 8 dekabrdan boshlab markaziy isitish va issiq suv uchun tariflar oshirilishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, narxlar energiya tashuvchilar va materiallar bahosining oshishi munosabati bilan oshirildi.

Unga ko’ra, markaziy isitish bir oylik tarifi 1464,53 so’mdan 1 610,99 so’mga oshiriladi.

Issiq suv ta’minoti:

  • issiq suv ta’minoti uchun hisoblagich uskunasi bo’lmaganda kishi boshiga — oyiga 18 609,24 so’m (hozirda — 16 917,49 so‘m);
  • hisoblagich uskunasi mavjudligida issiq suv kubometriga — 4 765,20 so’m (hozirda — 4 332 so’m).

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida"gi qaroriga binoan “O'zbekenergo” AJ 2018 yil 16 noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshirildi. Tabiiy gaz narxlari ham oshirildi. 22 noyabrdan esa sovuq suv narxi oshirildi.