Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o’zgarishi to’g’risida"gi qaroriga binoan tabiiy gaz narxlari ikki marta oshiriladi.

Tabiiy gazning yangi tariflari va suyultirilgan gaz uchun yangi narxlar belgilandi:

  • aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud bo‘lganda 16 noyabrdan 320 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 350 so‘mga;
  • aholiga kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun, gaz hisoblagichi mavjud bo‘lmaganda:
    • ovqat tayyorlash va issiq suv uchun 16 noyabrdan 553 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 605 so‘mga;
    • isitish uchun 16 noyabrdan 320 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan esa 350 so‘mga;
  • avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari (shu jumladan balansida avtomobillarga gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalari bo‘lgan yuridik shaxslar) uchun 16 noyabrdan 800 so‘mga, 2019 yil 1 iyundan 800 so‘mga;
  • Aholiga maishiy turmushda iste’mol qilishi uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz 16 noyabrdan 950 so‘mga, 2019 yil 1 iyuldan 1200 so‘mga oshiriladi.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab aholi uchun gazdan foydalanishning bazaviy me’yorlari o‘rnatildi. Unga ko’ra:

  • isitish mavsumi davrida yakka tartibda isitiladigan uylarda va kvartiralarda yashovchi bitta abonent uchun oyiga 1 000 kub m;
  • boshqa hollarda — bitta abonent uchun 250 kub m.

Bazaviy normadan oshgan hajm uchun 1,2 oshiruvchi koeffitsiyentini qo‘llagan holda haq to‘lash kerak bo‘ladi.