28 noyabr kuni “O'zbekiston havo yo’llari” Milliy aviakompaniyasida Bosh vazir ishtirokida “O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida"gi Prezident farmoni e’lon qilindi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

Farmonga binoan, O’zbekiston Respublikasi aviatsiya sohasi tubdan yahshilanadi, xususan:

  • Milliy aviakompaniyasi qayta tashkil etilib, aviakompaniya negizida “Uzbekistan Airways” va “Uzbekistan Airports” tashkil etiladi;
  • aviakompaniya tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari ma’suliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi;
  • “Uzbekistan Helicopters” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi;
  • “O‘zaeronavigatsiya” markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o’tkaziladi.

Farmonda shuningdek davlat tomonidan tartibga solishni kuchaytirish va raqobat muhitini yaratish ko’zda tutilgan:

  • “Davavianazorat"ga bir marotaba reyslar uchun ruxsatnoma berish va aerodromlar yaqinidagi obyektlarni qurish vakolati beriladi;
  • “Davavianazorat"ning tuzilmasi takomillashtirilib, kadrlar darajasi oshiriladi;
  • “Davavianazorat"ni rivojlantirish uchun maxsus Jamg’arma tashkil etiladi.