Moliya vazirligida 1 yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu haqda Spot muxbiri xabar berdi.

Yig’ilishda noqonuniy internet savdosi masalasiga to’xtalib o’tildi. Davlat soliq qo’mitasi raisi birinchi o’rinbosari Mubin Mirzayevning so’zlariga ko’ra, noqonuniy internet savdosini aniqlash, ularni to’g’ridan-to'g'ri bazaga ulab soliq undirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

“Biz xoh internet, xoh elektron savdo bo’lmasin, ularni soliqqa tortish choralarini ko’rmoqdamiz. Bular qatorida „Yandeks.Taksi“ masalasi ham bor”, — deydi Mubin Mirzayev.

Ta’kidlanishicha, ushbu masalani Jahon banki mutaxassislari bilan muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Hozirda IT mutaxassislarga vazifa yuklatilgan bo’lib, yanvar oyi mobaynida elektron savdolar aniqlanib, choralar ko’riladi.