Arxitektor-dizayner, Buyuk Kelajak Kengashi a’zosi Taxmina Turdialiyeva so’zlariga ko’ra, amaldagi binolarni buzish mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Uy-joy binolari, hamda sanoat binolari va hududlarini rekonstruksiya qilish, moslashuvchan me’moriy obyektlarga aylantirish, minimal darajada buzish, aholining talabi emas, balki hukumatning asosiy ustuvor yo’nalishi bo’lishi kerak.

Mutaxassis qadimgi binolarning noyobligini saqlab qolgan holda shahar markazlarini yaratish, zavod va turar-joylarni qayta tiklash bo’yicha jahon tajribasi haqida Spot uchun maxsus yozadi.

Таxmina Тurdialiyeva

Arxitektor-dizayner, “Cube Design” (Shenzhen, Xitoy) xalqaro arxitektura kompaniyasida loyihalar menejeri “Tata Design Print” (Toshkent) ning asoschisi, “Buyuk Kelajak” kengashi eksperti

Shahar — tirik mavjudot bo’lib, o’sib-ulg'ayadi, tarixga, keyin esa qalbga ega bo’ladi. Har bir “g'isht” hozirgi hodisalarning energiyasini, odamlarning his-tuyg'ularini singdirgan holda shaharni o’ziga xos muhit bilan ta’minlaydi. Butun dunyoda siz Toshkent ega bo’lgan energiyani topa olmaysiz, zero bu uning haqiqiy o’ziga xosligidir.

Buzish ma’nosiz bo’lganda

Toshkent, ayniqsa, uning markaziy qismi rekonstruktsiya qilinishi to’g’risidagi dasturning e’lon qilinishi aholining katta noroziliklariga olib keldi. Bu vaziyatni ikki jihatdan — shahar aholisining nuqtai nazaridan, shuningdek, arxitektor nuqtai nazaridan ko’rib chiqib, bunday “buzish va qayta qurish"ga zarurat bor deb o’ylamayman.

Markazda hech qanday avariya holatida bo’lgan binolar mavjud emas, tajribali muhandis va dizaynerlar ishtirokida eski binolar ijodiy yo’l bilan tiklanishi mumkin.

Chilidagi funksional qayta qurilishga misol. Foto: Reddit

Bundan tashqari, ishlab turgan binolarni buzib tashlash g’oyasi sog’lom fikrga ziddir, chunki minimal buzish aholining talabi emas, balki hukumatning asosiy ustuvorligi bo’lishi kerak.

Aslida, shaharni rekonstruksiya qilish yaxshi ishlaydigan elementlar, aholining ichki va ijtimoiy yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, shaharni qayta qurish aholi bilan muloqot qilmasdan amalga oshirilmaydi.

Yaxshiyamki, hukumatimiz yanada ochiq bo’lmoqda, masalan, Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik Kengashining tashkil etilishi fuqarolar bilan o’zaro hamfikrlikni o’rnatish istagini bildiradi. Bundan tashqari, hokim tomonidan fuqarolar bilan suhbatga kirishga urinish bo’lgan, uchrashuvda fuqarolarning roziligisiz uylar buzmasligi ta’kidlangan.

Bu yerda savol tug’iladi: aholining fikri faqatgina uylarni buzishda hisobga olinadi? Uylar tashqarisida sodir bo’ladigan har qanday hodisa faqat hukumatga tegishlimi?

Ushbu savollarga berilib, “Kinochilar uyi” buzilgani haqidagi yurakni ezadigan voqeani yodga olaman. Shu voqea sababli, aholi hukumatga nisbatan shubha bilan qaraydigan bo’ldi, chunki bu so’nggi tajriba haqiqatan ham fuqarolar va hukumat o’rtasida haqiqiy dialog yo’qligini ko’rsatdi.Toshkentdagi kinochilar uyin. Foto: Shuxrat Latipov / “Газета.uz”

Rekonstruksiyaga ekspertlarni jalb qilish kerak

Ushbu bosqichda shahar aholisi qadriyatlariga befarq bo’lmagan arxitektor-yurtdoshlarimiz jamoasini jalb qilish muhim rol o’ynagan bo’lar edi. Mahalliy arxitektorlar, xalqning istaklari va ehtiyojlarini chuqur anglab, shaharsozlikning professional nuqtai nazaridan, bama’ni tavsiyalar bergan holda aholining manfaatlarini ilgari surishga yordam berishlari mumkin.

Afsuski, bugungi kunda O’zbekiston arxitektorlar uyushmasi tomonidan hech qanday faollik va bu atrof-muhitni uyg’un va to’g’ri rivojlanishiga va bu sohada kadrlar yetishtirishga to’sqinlik qilayotgan arxitektura sohasining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.

Shaharni rekonstruksiya qilish muqarrar rivojlanish jarayoni bo’lib, arxitektor-shaharsozlar shaharlarning rekonstruksiyasini belgilashning bir qancha asosiy sabablarini keltiradilar, lekin har bir “g'ishtni” saqlab tarafdori sifatida bitta sababni ko’rsataman: binoning qayta tiklab bo’lmaydigan darajada axloqiy va jismoniy yomonlashuvi.

Rekonstruksiya Toshkentda hali mavjud bo’lmagan bosh rejaga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Shaharni rejalashtirish qonunini ishlab chiqishga qaratilgan va ekspluatatsiya uchun yaroqli bo’lgan fondni maksimal darajada saqlab qolishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli qayta tiklash konsepsiyasini yaratish tavsiya etiladi.

Rekonstruksiyaning xorijiy tajribasi:

Tallindagi (Estoniya) un zavodi ofisining rekonstruksiya qilingan sanoat binosi. Foto: ArchDailyEski uy restavratsiyasi namunasi (Ispaniya). Foto: ArchiloversBuxarestdagi (Ruminiya) Arxitektorlar uyushmasi ofisining rekonstruksiya qilingan va qurilishi tugallangan ko‘p qavatli bino. Foto: Look4ward

Shaharlar markazlarini qanday qilib oqilona yaratish mumkin?

Prezidentning mamlakatda jozibador investitsiya iqlimini yaratish to‘g‘risidagi tashabbusi “siti"lar qurilishi boshlanishiga asos bo‘ldi. Tabiiyki, horijiy investorlarni jalb etish va barcha kerakli sharoitlarni yaratish — bu nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan, balki madaniy jihatdan ham zarur jarayon, axir xorijiy madaniyat bilan tanishish aholi ravnaqida muhim omil hisoblanadi.

Shu bilan birga poytaxt hududi chegaralarida zamonaviy tuman yaratish ancha oqilona qaror bo‘lishi mumkin va aynan uni yaqin istiqbolda Toshkentning asosiy markaziga aylantirish imkoniyati ham yo‘q emas.

Shaharning ikkinchi markazini yaratish shuningdek, markazdagi tiqilinchlarni bartaraf etish imkonini beruvchi trafik oqimini taqsimlash uchun ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Toshkent — boshqa poytaxtlar bilan taqqoslaganda, u qadar katta emas va bu bosqichda ixchamlikni saqlash qiyin bo‘lmaydi va shaharning kengayishiga xizmat qiladi.

Yangi shahar markazini barpo etishdan tashqari tumanlar markazlarini ham rivojlantirish zarur. Bu har bir tumanda “siti” yaratish lozim degani emas, biznes va savdo-ko‘ngilochar markazlarini qurish va obodonlashtirish, shuningdek, mavjud inshootlarni restavratsiya qilish kifoya.

Dahalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga to‘sqinlik qiluvchi va obodonlashtirishga ehtiyojmand “oraliq” hududlar Toshkentda ancha ko‘p va bu yerlarda zamonaviy inshootlar barpo etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Aniq tavsiyalar

Olti kilometrli bulvar barpo etilishi ko‘zda tutiluvchi Mirzo Ulug‘bek biznes-siti qurilishiga taalluqli bir necha tavsiyalarni taklif etishim mumkin.

Men aholining bir qismini ko‘chirish lozimligiga qo‘shilishim mumkin biroq, bunda nafaqat turar joy borasidagi, balki, ma’naviy zararni ham qoplash lozim. Yo‘l atrofidagi binolarni buzish o‘rniga savdo-ko‘ngilochar rastalari, ofislar va boshqa inshootlarni imkon qadar saqlab qolish va restavratsiya qilishni tavsiya etaman. Boshqacha aytganda, “funksional” qayta qurishni amalga oshirish lozim.

Bu takliflar ortida nafaqat eski binolarni saqlab qolish istagi, balki from old to new konsepsiyasidek chuqur ma’no ham bor. Bulvarni hozirgi funksiyalarni bajaruvchi eski inshootlardan boshlash va buyuk o‘tmish asosiga qurilgan buyuk kelajak haqidagi taraqqiyot yo‘limiz kabi bosqichma-bosqich, kilometrma-kilometr zamonaviy Toshkentga yo‘l ochish mumkin edi.

Eski inshootlarni restavratsiya qilayotganda, “ajinlarni” pardoz materiallari bilan berkitishga urinmay, binolarning asliyatini bo‘rttirish, saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.

Mirzo Ulugbek Business City loyihasi bo‘yicha ko‘chalar qurilishi sxemasi va ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflar

Pirovardida bir necha ritorik savollar berishni istardim: nima uchun ayni shu yo‘nalish tanlandi va buning shaharsozlik sababi bormi?

Zavodlarning funktsional qayta qurilishi: art-zona va boshqalar

Toshkentda bir vaqtlar shahar hududida sanoat zonalarini qisqartirish rejalashtirilgan edi. Bu kurs juda to’g’ri! Zavod kvartallar orasida o’zaro bog’liqlikka monelik qiladigan bloklangan katta maydon hisoblanadi.

Destruksiyaning katta dushmani sifatida shaharda barcha sanoat binolarni saqlab qolish va zavodlar hududida “art-zonalar” yaratish taklifini beraman. Bu g’oyani Xitoyda o’zlashtirdim — u yerdagi ko’plab shaharlarda, xususan, Pekinda, turli xil funksiyalar ostida o’zgartirilgan sanoat zonalarini topish mumkin. Bunday hududlar bo’ylab yurish tuyg’usini tushuntirib bo’lmaydi, har bir qayta ishlangan bino san’at asariga o’xshaydi va inson fantaziyasining chegarasizligini aks ettiradi.

Art-zonalari odatda gallereyalar, art-kafelarlari, badiiy o’quv markazlari, yetakchi dizaynerlarning butiklari va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, bu funksional qayta qurish uchun juda ko’p takliflardan biri xolos, negaki ishlab chiqarish zonalari istalgan funksiyaga aylantirilishi mumkin.

Pekindagi (Xitoy) sanoat hududining “798” art-zonasiga aylantirilishi. Foto: Lonely Planet

Ekoloyihalash

2015−2016 yillarda daraxtlarning kesib tashlangani haqidagi qayg’uli faktni eslatib o’tish joiz. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, Toshkentda 20 mingdan ziyod daraxtni kesishga ruxsat berilgan. Ularning 7,700 dan ortig’i qurilish va ta’mirlash zonasiga tushib qolganligi uchun kesib tashlangan.

Shaharlarning qurilishida daraxtlarni kesish normal jarayon kabi davom etishi mumkinligi haqida hadik bor. Ushbu bosqichda, arxitektorlar va dizaynerlarning professional vazifasi tabiiy muhitga minimal darajada zarar yetkazadigan shaharlarni barpo etishning turli usullarini namoyish etishdan iborat.

Ekoloyihalash bo’yicha misollar:

Foto: amasow.comFoto: Web Urbanist

Asosiy xulosalar

Fevral oyida Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoat kengashining fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida shaharni rekonstruksiya qilish bo’yicha tavsiyalari nashr qilindi.

Kengash tavsiyalariga qo’shilgan holda shaharsozlik nuqtai nazaridan qayta quriladigan obyektlar va shaharni qayta qurish bilan bog’liq qo’shimchalar taklif qilaman:

  • ekspluatatsiya uchun mos keladigan jamg’armaning maksimal darajada saqlanishini ta’minlash;
  • aholi bilan nafaqat turar-joy binolari, balki jamoat joylarini buzishni ham muvofiqlashtirish;
  • Arxitektorlar jamiyatini faollashtirish;
  • shahar chegarasida yangi shahar markazi yaratish;
  • tuman markazlarini tiklash va jihozlash;
  • Mirzo Ulug’bek bulvarini “eskidan yangiga yo’l” konseptsiyasiga ko’ra yaratishni ko’rib chiqish;
  • sanoat zonalarini madaniy-ko'ngilochar markazlarga aylantirish.
  • va eng muhimi, binolar o’rniga “funksiyalar"ni qayta qurishni ta’minlashni ko’zda tutish.

Ilgari biznes-inshootlar va uy-joylarni qayerda qurish, qaysi binolarni buzish, odamlarni qayerga ko‘chirish va bular shahar hamda aholiga foydali bo‘lishini ta’minlashning hisobini olish mumkinligi haqida ekspert Ildus Kamilov Spot uchun maxsus yozgan edi.