Urganchdan Olmaotaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota — Urganch — Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 3-sentabrdan haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Uzbekistan Airports yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kengaytirib, sayyohlik, ishbilarmonlik va oilaviy sayohatlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Yo‘nalish, shuningdek, yo‘lovchilarga xalqaro tarmoq bo‘ylab keyingi parvozlar uchun Almati orqali qulay ulanishlardan foydalanish imkonini beradi.

Urganch Xorazm viloyatining asosiy aviatsiya markazi bo’lib, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Markaziy Osiyodagi eng mashhur tarixiy shaharlardan biri — Xivaga sayohat qilish uchun qulay jo‘nash nuqtasi hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalish yo‘lovchilarga xalqaro tarmoq bo‘ylab keyingi parvozlarni amalga oshirish uchun Olmaota orqali qulay tutash qatnovlardan foydalanish imkonini beradi.

FlyArystan — Air Astana kompaniyalar guruhining 100% sho‘ba korxonasi bo‘lgan Qozog‘iston loukoster aviakompaniyasi o‘z faoliyatini 2019-yil may oyida boshlagan. Ayni paytda aviatashuvchi Olmaota-Samarqand va Ostona-Toshkent yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirmoqda.


Avvalroq Spot Asman Airlines 24-iyundan Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida muntazam parvozlarni boshlamoqchiligi haqida yozgandi.

Kelgusida O‘sh, Qoraqo‘l va Bishkek yo‘nalishlarini ochish, O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.