Qozog‘istonning “FlyArystan” loukoster aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar berildi.

Parvozlar 3-iyuldan boshlab haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, chipta narxi 21,8 ming tengedan (Markaziy bankning joriy kursi boʻyicha 556 ming soʻm) boshlanadi.

Qozog‘istonning “Air Astana” milliy aviakompaniyasi 2018-yil noyabr oyida arzon tashishlar bo‘yicha FlyArystan brendini yaratish haqida e’lon qildi.

2019-yil aprel oyida “FlyArystan” OAV uchun birinchi samolyot taqdimotini o‘tkazdi va 1-may kuni Olmaotadan Ostonaga birinchi tijoriy reysni amalga oshirdi.

“Air Astana” rahbari Piter Foster “FlyArystan” aviakompaniyasining O‘zbekiston shaharlariga — dastlab Toshkent, Nukus, Qarshi va Farg‘ona vodiysiga, so‘ngra Samarqand, Buxoro va Xivaga reyslarini yo‘lga qo‘yish rejasini ma’lum qildi.

Shuningdek, u Oʻzbekistonning loukoster aviakompaniyasini yaratishda hamkor sifatida ishtirok etish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

Mart oyidan boshlab “FlyArystan” tanaffusdan so‘ng Olmaotadan Samarqandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Reyslar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” oltita ichki yo‘nalishga muntazam reyslarni amalga oshira boshlagani haqida yozgandi.