Uzum Market’ning hamkorlarni jalb qilish va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Azamat Shayqaliyev Jahon banki ko‘magida tashkil etilgan Tojikistondagi sotuvchilarning xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning eksport salohiyatini rivojlantirish haqida so‘zlab berdi.
Forum doirasida u O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda raqamli platformalar kichik va o‘rta biznes, tadbirkor ayollar va yoshlar uchun yaratayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi. Ayni paytda Uzum Market mahalliy sotuvchilarga savdo geografiyasini kengaytirish va xorijiy bozorlarga chiqish imkonini beradigan yangi vositalarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Biz mamlakat ichida tadbirkorlarning rivojlanishi uchun allaqachon zarur infratuzilmani yaratdik. Keyingi bosqich — ularning hatto endigina ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham odatiy va tushunarli bo‘lgan vositalar yordamida tashqi bozorlarga chiqishini ta’minlashdir”, — deya ta’kidladi Azamat Shayqaliyev.
Uzum Market mamlakat ichida yirik logistika infratuzilmasini yo‘lga qo‘yib, o‘n minglab tadbirkorlar uchun biznesni rivojlantirish va kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab yangi ish o‘rinlari yaratmoqda.
Transchegaraviy xizmatlarning rivojlanishi, xususan, bond omborlarining ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston tadbirkorlari boshqa mamlakatlar sotuvchilari bilan raqobatlashmagan holda qo‘shni davlatlarning tashqi bozorlariga chiqa oladi. Bu yo‘nalishning yo‘lga qo‘yilishi o‘zbekistonlik tadbirkorlarga xalqaro savdoda faolroq ishtirok etishga va mintaqa mamlakatlarida e-commerce`ga talab ortib borayotgan sharoitda aylanmalarini oshirishga imkon beradi.
Dastlabki yo‘nalishlar sifatida qo‘shni bozorlar — Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkiya ko‘rib chiqilmoqda.
Reklama huquqlari asosida.


