Spot ilgari yozganidek, “O‘zstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi loyihasiga ko‘ra elektrotexnika mahsulotlari O‘zbekistonda erkin muomalaga chiqarilishi uchun ishlab chiqaruvchining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida bitta xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lishi kerak.

Ushbu chora importning keskin pasayishiga va narxlarning ko‘tarilishiga olib kelmaydi.

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori Aqlbek Mustafoyev.

“O‘zbekistonda iste’molchilar sotuvdan keyingi kafolatli xizmatga murojaat qiladigan joy bo‘lishi kerak. Agar [texnika] buzilsa, qayerga borish kerak? Xitoyga, Rossiya yoki Germaniyaga?”, dedi u.

O‘zstandart shuningdek, Apple kompaniyasi O‘zbekistonda rasmiy servis markazlarini ochmaydi degan bayonotga izoh berdi.

“Biz vaziyatni o‘rganib chiqdik. Vaziyat taqozo qilganida Apple boshqa mamlakatlarda o‘z servis markazlarini ochgan”, — deya ta’kidladi Mustafoyev.

Agentlikda ular asosiy maqsadi — iste’molchilarga sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash ekanligi bir necha bor ta’kidlandi.

Ilgari Spot “O‘zstandart” agentligi elektrotexnika mahsulotlari importini cheklash to‘g‘risidagi loyihaga tushuntirish bergani haqida xabar bergan edi.