Prezident “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarorni imzoladi. Unga ko’ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-yil 1martga qadar qorako‘lchilik klasterlari tomonidan qo‘y va echkilarni bo‘rdoqiga boqish komplekslarini tashkil etish maqsadida ularga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan ozuqalar yetishtirish uchun yer maydonlari ajratadi:
  • Moliya vazirligi qorako‘lchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil 15 fevralga qadar Moliya vazirligining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari hisobidan 100 milliard so‘m mablag‘larni “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratadi;
  • “Turon bank” ATB ajratiladigan mablag‘larni Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan, bir yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 2 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etadi:

a) naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklaridan qo‘ylar xarid qilish;

b) qorako‘lchilik sohasida eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha terini qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;

d) qorako‘lchilik sub’ektlari tomonidan ozuqa sexlari (granulyator)ni tashkil etilishini hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;

e) suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish.

Shuningdek:

  • 2024-yil 1-yanvarga qadar Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining doimiy egaligidagi yaylovlar hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan Qo‘mitaga ijaraga berilgan yaylovlar uchun belgilangan yer solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
  • nasldor qo‘y va echkining, shu jumladan, qorako‘l zotli qo‘ylarning xorijiy davlatlardan import qilingan har bir embrioniga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 400 ming so‘m miqdorida subsidiya taqdim etiladi;
  • 2021-yil 1-apreldan boshlab Uyushma a’zolariga o‘zlari tomonidan import qilingan qo‘y bosh sonining 50 foizidan oshmagan qismini tirik va xom go‘sht ko‘rinishida (TIF TN bo‘yicha 0104 va 0204 kodlari) eksport qilishga ruxsat etiladi, bunda eksport kontraktlari monitoringi Qo‘mita va Uyushma tomonidan yuritiladi.